So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  3 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Iordaniya termasi bosh murabbiyi: "Kuchli mentalitetimiz Iroq himoyasini parchalab yubordi. Tojikiston zamonaviy futbol o'ynaydigan jamoa" Yangiliklar

Iordaniya termasi bosh murabbiyi: "Kuchli mentalitetimiz Iroq himoyasini parchalab yubordi. Tojikiston zamonaviy futbol o'ynaydigan jamoa"

Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Iroq va Iordaniya o'rtasidagi fantastik bahsdan so'ng, iordaniyaliklar bosh murabbiyi Husayn Ammuta matbuot anjumanida qatnashdi.

- Janob murabbiy, tarixiy g'alaba haqidagi fikringiz qanday?

- O'yindan oldin o'ta qiyin bo'lishini aytgandim. Iroq ham keyingi bosqichga chiqishga munosib edi. Biz ham yaxshi o'yin ko'rsatdik va keyingi bosqichga yo'l oldik. O'zimizga bo'lgan ishonch natijada katta o'rin tutdi.

- Iordaniya terma jamoasini tabriklayman. Savolim murabbiyga. Bugungi o'yinning so'ngida o'yinchilarni qanday ruhlantirdingiz? Sirli receptingiz qanday?

- Ishonch. Bu juda muhim. Biz o'yinda g'alaba qozonishimizga ishondik. Qarshi hujumda juda yaxshi harakat qildik. Birinchi gol urdik. To'g'ri, ikkita to'p o'tkazib yuborganimizdan so'ng qiyin bo'ldi. O'zimizga bo'lgan ishonch super kambekni amalga oshirishimizga sabab bo'ldi. Qo'shimcha vaqtda shunchaki fantastik harakat qildik. Kuchli mentalitetimiz Iroq himoyasini parchalab yubordi.

- Janob murabbiy, o'yin davomida faqatgina bitta o'zgarishga amalga oshirdingiz. U ham to'qsoninchi daqiqada. Bunday qarorga kelishingizga nima sabab bo'ldi?

- Asosiy tarkib o'yinchilari butun uchrashuv davomida yaxshi harakat qilishdi. Har besh daqiqada vaziyatlar yarata oldik. O'zgarishga hojat qolmadi. Ha, bazida yangi o'yinchilarni tushirish yordam beradi. Biroq, bu safar biz to'g'ri ish qilganimiz malum bo'ldi.

- Bugungi o'yindan keyin Iordaniya terma jamoasining ruhiyati qanchalik kuchli ekani malum bo'ldi. CHorak finalda siz musobaqaning boshqa bir sensacion jamoasi sanaladigan Tojikistonga qarshi o'ynaysiz. Bu uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?

- Biz o'z rejamizga to'liq ishongandik. Aynan shu narsa bizga yordam berdi. Har doim o'sishga erishishimizga birdamligimiz sabab bo'lmoqda. O'z o'yinchilarimga 100% ishonaman. Tojikiston terma jamoasi zamonaviy futbol o'ynamoqda. Ular bilan o'yin juda qiyin bo'ladi. pley-off bosqichidagi istalgan jamoa kuchli. Har doim raqibni hurmat qilamiz.

- Janob murabbiy, siz Iordaniya xalqiga baxt ulashdingiz. SHahzoda Ali ham o'yinni stadiondan kuzatib bordi. Bugungi g'alabadan so'ng barcha iordaniyaliklarga aytar so'zingiz bormi?

- Barchangizga rahmat. Bu haqiqiy sharaf. Muxlislar va boshqa insonlardan bu kabi iliq maqtovlarni eshitish shunchaki ajoyib. SHahzoda Ali har doim bizni qo'llab-quvvatladilar, mashg'ulotlarimizga tashrif buyurdilar. Bu biz uchun sharaf, albatta. Muxlislarimizni tabriklayman. O'z mamlakatimiz bayrog'ini balandroq ko'tarish uchun Osiyo kubogida qatnashmoqdamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика