"Inter" Lautaro Martines bilan 111 million evro evaziga xayrlashishga tayyor
13 apr 2020 18:05
Yangiliklar
"Inter" Lautaro Martines bilan 111 million evro evaziga xayrlashishga tayyor
Milanning "Inter" rahbariyati hujumchi Lautaro Martinesni sotmoqchi emas.
22 yoshli o'yinchini xarid qilishning yagona yo'li 111 million evro miqdoridagi xarid qilish huquqini aktivlashtirishdir.
Martinesning xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Aynan La Liga klubi o'yinchini transferlar oynasida xarid qilish uchun asosiy davogardir.
"Ko'k-anorranglilar" bitimga Xunior Firpo, Nelson Semedu va Ivan Rakitichlarni qo'shishni taklif qilishdi, ammo milanliklar bunga rad javobini berishdi.
"Barselona" Lautaroning o'ziga bir mavsum uchun 10 million evro miqdorida maosh berishga tayyor. Argentinalik o'yinchining "Inter" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar