"Inter" bilan o'yinda hushini yo'qotgan Edoardo Bove futbolga qaytmasligi mumkin
05 dek 2024 11:39
Yangiliklar
"Inter" bilan o'yinda hushini yo'qotgan Edoardo Bove futbolga qaytmasligi mumkin
A Seriyaning 14-turida "Inter"ga qarshi o'yinda hushini yo'qotib, reanimaciyaga tushib qolgan "Fiorentina" yarim himoyachisi Edoardo Bove katta futbolga qaytmaslik ehtimoli bor.
Bu haqda Italiyaning "La Nazione" nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, yarim himoyachi Bove endi futbol o'ynay olmay qolishi xavfi bor. Hozir u reanimaciya bo'limidan kardiologiya bo'limiga o'tkazilgan. To'g'ri tashxisni aniqlash uchun testlar davom etmoqda.
Agar tahlillar yurak patologiyasining namoyon bo'lishini tasdiqlasa, u vaqt o'tishi bilan sportchini kasalning qaytalanishiga duchor qiladi. SHuning uchun ham defibrillyator implantaciyasi talab qilinadi. Sport tibbiyoti ko'rsatmalariga ko'ra, defibrillyatorli sportchilar raqobatbardosh sport mashg'ulotlarida qatnashishi tavsiya qilinmaydi.
Edoardo Bove joriy mavsum "binafsharanglilar" safida 15 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar