So’nggi yangiliklar

21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  0 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  1 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  5 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  149 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  5 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  15 17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  9 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  24 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1

Ilyos Zeytullaev: "Terma jamoamiz maksimal natija bilan uyga qaytishiga ishonaman" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Terma jamoamiz maksimal natija bilan uyga qaytishiga ishonaman"

O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi va "Bunyodkor" jamoasining murabbiyi Ilyos Zeytullaev milliy terma jamoamizning navbatdagi uchrashuvlari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Milliy terma jamoamiz Qatar va KXDRga qarshi uchrashuvlar oldidan ancha yaxshi kayfiyatda deb o'ylayman. Bu bizga ustunlik beradi. Biz guruhda etakchimiz, lekin xotirjamlikka berilish kerak emas. Raqiblarimiz bizga qarshi agressivroq o'yin namoyish etishadi. Yigitlarga va murabbiylarga omad tilayman. Terma jamoamiz to'g'ri yo'nalishda. Terma jamoamiz maksimal natija bilan uyga qaytishiga ishonaman. Hozir terma jamoamiz ancha mazmunli o'yin namoyish etmoqda. Terma jamoamizni birga qo'llab-quvvatlashda davom etsak, biz istagan natijaga erishishimizga ishonaman.

Hozir terma jamoamiz tartibli o'yin namoyish etmoqda. To'g'ri, futbol muxlislar istagan darajada qiziqarli bo'lmasligi mumkin, ammo futbol shunday. Fikrlar har doim ikkiga bo'linadi. Kimga chiroyli futbol kerak, bazilarga esa natija qiziqroq. Bosh murabbiyga bo'layotgan bosim katta. Sababi ertaga murabbiydan qancha vaqt to'pga egalik qilgani yoki jamoa nechta gol urgani so'ralmaydi. Biz hech qachon mundialda ishtirok etmaganmiz. Tomoshabop o'yin bilan birga natijaga erishish yaxshiroq, albatta. Hozir JCHga chiqib olaylik, chiroyli o'yinni esa mundialda ko'rsatamiz," — dedi Ilyos Zeytullaev terma jamoamizning navbatdagi uchrashuvlaridan oldin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика