So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  9 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

Ilyos Zeytullaev: "Qarshida "Nasaf"dan ochko olish ko'p narsalarni anglatadi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Qarshida "Nasaf"dan ochko olish ko'p narsalarni anglatadi"

Superliganing 9-turi doirasida "Nasaf" maydonidagi durangdan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin intensiv o'tdi. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Biz qiyin haftani boshimizdan o'tkazdik. Biz futbol bilan yashayapmiz, shu sababli bunday nyuanslarni to'g'ri qabul qilamiz. Shunday bo'lsa-da, barcha birdamlikni saqlab qoldi. O'zimga ham hafta juda qiyin o'tdi. Buning ortidan o'zimga hulosalar chiqardim. Bugun qiyin holatdan chiqib ketdik va qiyin paytda ham futbol o'ynay olishimizni ko'rsatdik. Yaxshi hujum qildik, kuchli himoyalandik. Ayrim sabablar tufayli ichki muammolar bilan ovora bo'lib qoldik. Biroq biz kuchlimiz, jamoa sifatida kuchlimiz. "Nasaf" - amaldagi chempion. Muxlislari ham jamoani yaxshi ko'radi. Ular ayni damda O'zbekistondagi eng kuchli jamoa. 

- Temurxo'ja Abduxoliqovni almashtirdingiz. Undan keyingi o'zgarishlar jamoaga qanday yordam bera oldi?

- Zaxiradan tushadigan barcha futbolchilarga g'alaba qozonish kerakligini uqtiramiz. Sardor Abdunabiev qachonki zaxiradan o'yinga qo'shilsa, ritmni o'zgartiradi va intensivlikni oshiradi. Temurxo'ja tajribali futbolchi, doimo jamoaga katta energiya berib turadi. Shunday bo'lsa-da, uni almashtirishga qaror qildik. Bugun zaxirada o'tirib, o'yinga tushmagan futbolchilarga ham rahmat aytaman. Hali ularning ham vaqti keladi. Mavsum hali uzoq davom etadi. Ular afsuslanmasligi kerak.

- Bugun 2:2 hisobida durang qayd etildi. "Bunyodkor" taktik rejalar evaziga durang o'ynadimi yoki vaziyatlardan foydalanish? "Bunyodkor"da bugun ko'p ham vaziyat bo'lmadi.

- Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'yinda hech kimda ko'p vaziyat bo'lmaydi. Amaldagi chempionga qarshi o'yin qiyin bo'lishini bilgandik. Birinchi bo'limda baland bo'yli himoyachilari bor "Nasaf" jarima maydoni yonidagi standartlardan ham vaziyatlarga ega bo'ldik. Natija adolatli bo'ldi, ha, balki raqiblar ko'proq vaziyatlarga ega bo'lishgandir. Biroq bu futbol, u so'nggi daqiqagacha davom etadi. Hatto so'nggi soniyalarda jamoalar mag'lubiyatga uchrashmoqda. So'nggi yillarda O'zbekistonda futbol rivojlanayotganini ko'rib turibman. O'yinlar so'nggi daqiqalargacha davom etmoqda. Agarda yana bir qancha jihatlarni to'g'rilab olsa, bu chempionat superchempionatga aylanadi.

- "Bunyodkor" OKMK va "Nasaf"ga qarshi o'ynadi. Jamoangiz futbolchilari bu ikki o'yindan qaysi birida ko'proq mehnat qildi deb o'ylaysiz?

- Bu o'yinlarda biz bir xil kuch ishlatdik. OKMKga qarshi o'yindan 4 kun o'tib, biz "Qo'qon-1912"ni qabul qildik. Bu o'yinda etiborni biroz yo'qotganimiz uchun mag'lubiyatga uchradik. Chunki OKMKga qarshi o'yindan keyin yigitlarda charchoq alomati bor edi. OKMK ham juda kuchli raqib. Lekin Qarshida, "Nasaf"ga qarshi, raqibning bunday tarkibi bilan bo'lsa, uncha-muncha jamoalar kelib, qo'l ko'tarib ketishi mumkin. Shu sababli bu erdan ochko bilan qaytish ko'p narsalarni anglatadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика