So’nggi yangiliklar

19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   3 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  2 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  7 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  3 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  4 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  22 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  5 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  2 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0

Ilyos Zeytullaev: "Bu mavsum chempionlik uchun "Nasaf", OKMK, "So'g'diyona" va "Paxtakor" kurashadi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bu mavsum chempionlik uchun "Nasaf", OKMK, "So'g'diyona" va "Paxtakor" kurashadi"

"Navbahor" hamda "Bunyodkor" uchrashuvidan (2:2) so'ng mehmon jamoa ustozi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




Ilyos Zeytullaev: "O'yin tomoshabop bo'ldi, muxlislarga rahmat aytaman".

- Bugungi durang g'alabaga teng deb o'ylaysizmi?

- To'g'risini aytadigan bo'lsak, 3 ochkoni xohlagandim, chunki hozir og'ir vaziyatdamiz. 10 kishi bo'lib qoldik, gapingizga qo'shilsak bo'ladi, ammo yigitlar ko'prog'iga munosib edi.

- "Bunyodkor" oxirgi bahslarda yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Bu Zeytullaev ishimi yoki jamoaviy mehnat mahsuli? Bugun jamoangizdan qanday natija kutgandingiz.

- Bunday o'sishlar hammaning harakati bilan sodir bo'ladi. Ha, murabbiylar shtabi ham ishlayapti, ammo jamoaga raxmat aytmoqchiman, chunki yigitlar o'zini ko'rsata olishyapti. Kam o'ynayotganlar ham maydonga tushishga tayyor.

- Legionerlaringiz o'yinidan mamnunmisiz?

- Albatta, chunki bunday vaziyatda jamoamizga qo'shilib, jon saqlash uchun kurash oson emas. Barcha legionerlarimizdan mamnunman.

- O'zingiz Italiyada futbol o'ynab, murabbiylik ham qilgansiz. "Bunyodkor"ga Evropa futbolidan nimalarni olib keldingiz yoki endi rejangizda bor?

- Men hech qachon vatanimni unutmaganman. O'zbek futbolini yaxshi ko'raman. Albatta, Italiya futbolidagi kichik detallarni ishga solyapmiz va natijalar ham ko'rinyapti. Futbolda 30% bu taktika, qolgani esa psixologiya. Bu uzoq davom etadigan jarayon.

- "Navbahor"ni tahlil qilgan bo'lsangiz kerak. Namangan jamoasining kuchli tomonlarini aytib bera olasizmi?

- Jamoa juda kuchli, yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Hammani nomma-nom ayta olmayman. "Navbahor"ning kuchli tomonlari ko'p, biroq yigitlar yaxshi harakat qilishdi.

- Bugun "Navbahor" ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadi. Ularga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Yigitlarim oxirigacha kurashishdi, sabab shu bo'lsa kerak. Har bir santimetr uchun kurashdik. Havoda ham imkoni boricha g'alaba qozonishga urindik.

- Bugungi kunda o'zbek va Italiya futboli o'rtasidagi farqni aytib bera olasizmi?

- O'zbek futboli juda yaxshi darajada. Ha, biroz detallarda farq bor. Italiyada ko'proq mayda detallarga etibor qaratishadi. Bu erda esa tezlik va kurashlar ustida ko'p ishlashadi. Evropa futboli biroz boshqacha, yaxshi yoki yomon deya olmayman, uslublar boshqacha.

- Bu mavsum Superliga va Kubokda kim g'olib bo'ladi deb o'ylaysiz?

- Fikrimcha, "Nasaf" va OKMK kurashadi. "So'g'diyona"ning o'yini ham yoqyapti. "Paxtakor"ni esdan chiqarib bo'lmaydi. Kubokda... Kuchli jamoa yutsin, hech kimga muxlislik qilmayman, bor diqqatim "Bunyodkor"da.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика