So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

Ilyos Zeytullaev: "Biz to'g'ri yo'ldamiz" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Biz to'g'ri yo'ldamiz"

Superliganing 21-turi doirasida "Lokomotiv" mag'lub qilinganidan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Garchi g'alati bo'lsa-da, raqib haqida gapirmoqchiman. Sobiq futbolchi sifatida "Lokomotiv" tezroq oyoqqa turib, bu holatdan chiqib ketishini tilab qolaman.  Bugungi o'yin 6 ochkolikdan ham ko'proq edi. Bugun yuragini yondirgan, birdamlikda o'yin ko'rsatgan yigitlarimga katta rahmat aytaman. G'alabani massajchimizga bag'ishlayman. Hozir u terma jamoada, g'alaba unga va uning o'g'liga bag'ishlanadi. 

- Bugun ikki xil taym bo'ldi desak bo'ladimi?

- Ha, birinchi bo'limda raqib bizdan yaxshiroq edi. Ular o'yinga etiborliroq bo'lishdi va g'alabaga tashnaroq ko'rinishdi. Ikkinchi bo'limga biz boshqacharoq mentalitet bilan chiqdik va birinchi daqiqalardanoq vaziyatlar yaratdik. Murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan o'yinni olib chiqdik. So'nggi daqiqalargacha kurashdik. O'z navbatida zaxiradan tushgan futbolchilarga ham rahmat aytaman. Bugun biz bir daqiqaga ham o'yinda yo'qolib qolmadik. SHu bilan birgalikda rahbariyatga ham minnatdorlik bildiraman. Bu ularning ham g'alabasi. Biz bir jamoamiz. Rahbariyat og'ir paytda bizni yaxshi qo'llab-quvvatlamoqda. Biz to'g'ri yo'ldamiz.

- Taymlar o'rtasidagi katta tanaffus o'yinga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Ayrim narsalarni biz nazorat qila olmaymiz. Futbolda shunaqa holatlar ham bo'lib turar ekan. Bu holatni biz ham, "Bunyodkor" ham, "Lokomotiv" ham nazorat qila olmasdi. Bunday holatlar ikkala jamoa uchun ham foydali va zararli tomonlari bor. SHunday ekan bunday holatlarga ahamiyat bermasdan oldinga harakatlanish kerak.

- Siz Italiyada o'ynagansiz. Italiya murabbiylari dunyoda eng kuchlilaridan biri hisoblanadi. Siz aynan qaysi murabbiyga o'xshashni istaysiz?

- Yaratganning yordami bilan mashhur murabbiylar qo'l ostida o'ynadim. Futbolchilikni yakunlagandan keyin murabbiylik qilishni o'ylab yurardim. Faoliyatimni yakunlash arafasida meni shug'ullantirgan murabbiylar haqida o'ylashni boshladim. O'smirlik chog'imda Anchelotti, Lippi murabbiyim bo'ldi. Eng ko'p vaqtimni ayni damda "Atalanta"ni boshqarayotgan Gasperini bilan o'tkazdim. SHuningdek, Sarri ham bo'lgan. Lekin men o'zimga o'xshashni istayman. Otam ham murabbiy bo'lgan. O'zim istagan uslub menga yoqadi. Bu erga kelishdan oldin O'zbekiston chempionati haqida iliq gapirishmagandi. Lekin o'zim ko'rdim, chempionat saviyasi katta. Futbolchilar va murabbiylar darajasi yuqori. SHu erda ishlab, tajriba orttirishni va o'sishni istayman. SHu bilan birgalikda menga bu borada yordam berayotgan jamoaga ham rahmat aytaman.

- Sizga yoqadigan uslub qanday?

- Bunaqasi yo'q. Zamonaviy futbolda barcha o'yinda katta tashabbusda bo'lishni istaydi. Katta bosim uyushtirsang, natija bo'ladi. Menga bunday holatlar yoqadi. CHunki futbolchiligimda katta murabbiylar bilan ishlaganman va ko'rganman. Lekin g'alabalar vaqt, ishonch jarayonlari orqali quriladi. Bu uchun kun, oy yoki yil sarflanishi mumkin. CHempionat uzoq davom etadi. Bunda futbolchilarga katta ishtiyoq berish kerak. SHu sababli menga futbol yoqadi. Vertikal futbolni hush ko'raman. Yigitlar o'zlarini yaxshi his qilib, to'pni ushlab tura olishi, yaxshi himoyalanishi, tezkor qarshi hujumlarga o'ta olishi kerak. Bu mening uslubim.

- Sobiq futbolchi sifatida terma jamoamizning JCH saralashidagi ishtiroki haqida nima deya olasiz?

- Eronga qarshi o'yinga tirbandliklar sababli bora olmadim. SHunday o'yinga tusha olmaslik alamli holat bo'ldi. So'nggi o'yinni ko'rdim. CHiroyli o'ynashdi va natija ham yaxshi bo'ldi. Himoyada zich o'ynashdi, kerakli paytda to'pni raqibga topshirib, himoyalanishdi. Termaning hozirgi faoliyati menga yoqmoqda. Umid qilamanki, o'yin yanada o'sadi. Bunga klubdagilar, rahbarlar ham sabab bo'lishi mumkin. Umuman olganda O'zbekiston termasining bugungi barcha avlod vakillarining ishtirokidan mamnunman. 

- JCHga chiqishimizga ishonasizmi?

- Barchasi istalgan paytda o'zgarib ketishi mumkin. Ishlarni yaxshilash mumkin, lekin buzib tashlash eng osoni. Termaning yuqori o'rinlarda borayotgani bizni xursand qiladi. 

- "Nasaf" kecha durang o'ynadi. Bu ketma-ket ikkinchisi. Birinchisi "Bunyodkor"da bo'lgandi. Nima deb o'ylaysiz, "Nasaf" baribir chempionmi yoki chempionlik uchun kurash yanada qizidimi?

- Bugungi nazariy mashg'ulotlarda ham shu mavzu ko'tarilgandi. Barchasi mayda detallarga bog'liq bo'lmoqda. Bu chempionatning darajasi yuqori ekanligini ko'rsatadi. Adashmasam bu turda OKMK "So'g'diyona" maydonida o'ynashi kerak. Ular ayni damda chempionatning eng kuchli jamoalaridan. SHu orqali chempionat yanada qiziqroq o'tadi. Nafaqat chempionlik, balki so'nggi o'rinlardagi kurash ham oxirgi turga qadar davom etadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика