So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  33 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  171 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Ilyos Qurbonov: "Hozirgi asosiy maqsadimiz - "jon saqlash" Yangiliklar

Ilyos Qurbonov: "Hozirgi asosiy maqsadimiz - "jon saqlash"

O'zbekiston Superligasi 26-turida "Nasaf" - "Metallurg" (1:2) bahsi bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ilyos Qurbonov ishtirok etdi.


"Assalomu alaykum. "Nasaf" qanchalik kuchli jamoa ekanligini, qanday futbol o'ynashini bilardik. Yaxshi shakllangan jamoa, tarkibda sifatli ijrochilar ko'p. Ular o'z-o'zidan chempion bo'lib qolgani yo'q. Bu o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Mazkur bellashuvga tayyorgarlik uchun bizda 3 hafta vaqtimiz bor edi va yaxshi tahlil qildik. Ko'pgina vaziyatlarga ega bo'ldik, ulardan vaqtliroq foydalanish ham kerak edi. Aytib o'tganimdek, har bir uchrashuv biz uchun final edi. Hammaga rahmat. Oldinda yana o'yinlar bor", - dedi Ilyos Qurbonov.


O'z vaqtida siz ham "Nasaf"da to'p tepgansiz. O'sha vaqtdagi jamoa bilan hozirgisini haqida nima deya olasiz?
"Nasaf" doim kuchli jamoa bo'lgan. O'sha vaqtlar ham kuchli bo'lgan. Vali Keldiev, Ro'ziqul Berdiev, Zafar Xolmurodov, Botir Qoraev kabi kuchli futbolchilar bo'lardi. Ikkinchi-uchinchi o'rinni olib yurardik doim, chempionlik uchun doim bir oz etmay qolardi. Oldingi futbol boshqa narsalarni talab qilardi, zamonaviy futbol boshqacharoq. Balki oldingi "Nasaf" ijrochilari kuchliroqmikin, deb o'ylayman.

Bugun "Metallurg" g'alaba qozondi. Sizning jamoangiz "Nasaf"dan jismoniy jihatdan kuchliroqmidi yoki ishtiyoq borasida?
- Biz jismoniy tarafdan ham tayyor edik. Buni oldingi bellashuvlar ham ko'rsatdi. "Nasaf" ham jismonan kuchli. SHunchaki, bundan avvalgi bahsda ular Osiyo CHempionlar Ligasi doirasida o'yinda maydonga tushishdi. Inson organizmini aldab bo'lmaydi. Bolalarga o'yindan avval ham takidlagandim. 45 daqiqa chidab bersak, ikkinchi bo'limda "Nasaf"da charchoq alomatlari sezilishini bilgandik. SHuning uchun, yigitlarga birinchi bo'limdan keyin yanada faolroq tarzda oldinga borishni tayinlagandik.

Birinchi davrada ko'p yo'qotishlar bo'ldi. Balki bunga jismoniy tayyorgarlik sabab bo'lgandir. Etibor qilgan bo'lsangiz, ikkinchi davrada jamoamiz birinchi davraga qaraganda 60%ga o'zgardi. Hozirgi asosiy maqsad jon saqlash.   

Hozirgi "Nasaf"ning yarim himoya va hujum chizig'ini kuchliroq deb bilaman. Nazarimda, himoyada muammolar bor.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика