So’nggi yangiliklar

00:46Тер Штегеннинг қишда "Барселона"дан кетиши инкор қилинмаяпти  0 00:12Швеция термасини инглиз мураббийи бошқаради  0 00:10Суперлига. "Андижон" – "Шўртан" 4:3  0 23:54Иван Бошкович: "Ҳозир саккизинчи ўриндамиз, лекин мақсадимиз юқорироқда. Бунинг учун ҳаракат қиламиз"  5 23:18Февзи Давлетов: "Ўйинга қайтишимиз учун гол етишмади"  6 22:56Максим Шацких: "Мен доим бир гапни айтаман: биз мухлислар учун ўйнаймиз"  4 22:44Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Рустам Ашурматов тўлиқ ўйнади  0 22:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" дуранг ўйнади, жамоа кетма-кет учинчи ўйинда ғалаба қозона олмади  3 21:52Асрор Алиқулов: "Қўлдан келганча ҳаракат қилдик"  4 21:21"Бундай ҳолатлар Спорт арбитраж судида нормал амалиёт сифатида қабул қилинади" - ЎФА расмий баёнот билан чиқди  6 21:10Суперлига. "Машъал" – "Хоразм" 0:3  0 21:08Суперлига. "Сўғдиёна" "Сурхон"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  9 20:47Отабек Нарзуллаев: "Футболни жон койитиб ўйнамасангиз, ким сизга уч очко беради"  0 20:31Суперлига. 7 та ҳисобланган ва битта инобатга олинмаган гол ҳамда самарасиз пенальти: "Андижон" "Шўртан"ни мағлуб этди  29 20:13Ҳаким Фузайлов: "Кураш ҳали тўхтагани йўқ"  1

Ildar Sakaev: "Yangier" Pro ligada qolgan jamoalarga raqobat tug'dira oladi. Tarkibda yana yangiliklar bo'ladi" Yangiliklar

Ildar Sakaev: "Yangier" Pro ligada qolgan jamoalarga raqobat tug'dira oladi. Tarkibda yana yangiliklar bo'ladi"

O'tgan mavsum Birinchi ligada g'olib chiqqan "Yangier" jamoasi bu yil Pro ligada ishtirok etadi.

Yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan jamoa bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. SHuningdek o'z tarkibini bir qator tajribali ijrochilar hisobiga kuchaytirmoqda. Qishki transferlar oynasi vaqtida "Navbahor", "Buxoro" jamoalarida to'p tepgan Robbim Hasanov kelib qo'shildi. Avvalroq klubga Tojikiston chempionatidan afrikalik legioner kelgani haqida xabar bergan edik. "Yangier" kecha yig'in doirasidan o'rin olgan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bahsdan so'ng bosh murabbiy Ildar Sakaev championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.

- Dastlab ayni kunlarlda olib borilayotgan yig'in va tayyorgarlik haqida malumot berib o'tsangiz...

- 11 yanvar sanasidan mashg'ulotlarni boshladik. Bunga qadar uchta nazorat o'yinida futbolchilarning holatini ko'zdan kechirib oldik, "Bunyodkor" bilan uchrashuv yig'indagi to'rtinchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumdagi tarkibni o'zagini saqlab qolindi desam mubolag'a bo'lmaydi. Mashg'ulotlar, nazorat bahslari orqali ular bilan yaqindan tanishib olyapman. Parallel ravishda selekciya ishlarini ham davom ettirmoqdamiz.

- Hozirda tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak Abdumalik Abdullaev, Dilmurod Karimov, Abbosbek Maxstaliev singari tajribali futbolchilarni ko'rishimiz mumkin. Bu borada yana yangiliklar ko'ramizmi?

- Tarkibda yosh va tajribali futbolchilarni uyg'unlashtiramiz. Abdumalik Abdullaev, Robbim Hasanovni yaqindan bilaman. Umuman futbol ichida ekanmiz bir-birimizni yaxshi taniymiz. Selekciya davom etadi, tarkibda yana yangiliklar bo'ladi.

- "Yangier"dan tushgan taklifini qanday qabul qildingiz?

- CHorlov tushgach klub rahbarlari bilan muzokaralar olib bordik. Jamoa rivojlanish yo'lida, oldinga qarab intilmoqda. Klub xususiy, o'z tarixiga, ananalariga ega. Futbol xalq uchun, ularning xursandchiligi uchun o'ynaladi. "Yangier"ni katta futbolga qaytarish uchun ishlamoqdamiz. O'z vaqtida bu jamoaning chempionatimizda o'rni bor edi, bir qancha taniqli o'yinchilar to'p tepishgan. Albatta, muxlislar o'sha damlarni sog'inishgan. Sirdaryoda futbol bo'lishi kerak. Klub rahbari futbolning fidoyisi. SHunday insonlar ko'payishi tarafdoriman. Buning uchun barcha birdek mehnat qilmoqda.

- Jamoa Birinchi ligadan Pro ligaga yo'llanma oldi. Baribir ikki liga o'rtasida tafovut katta. SHunday ekan maqsadlar qanday?

- Bugungi kunda jamoani shakllantirish ishlari ketmoqda. SHuni ayta olamanki, biz Pro ligada qolgan jamoalarga raqobat tug'dira olamiz. Bunga ishonaman.

- "Andijon"ni Pro ligadan Superligaga olib chiqqansiz, "Oq-tepa" bilan juda yaqin kelgan edingiz. Demak, sizda bu borada ko'nikma bor...

- Murabbiy uchun har doim yangi chaqiriqlar qiziq tuyuladi. "Yangier" bilan Pro ligada shunchaki ishtirok etishni maqsad qilmaganmiz. Yuqorida aytganimdek raqobatlasha olamiz va uddasidan chiqamiz.

- Yaqinda jamoa safiga kelib qo'shilgan afrikalik Mbeke Dieduoni borasida nima deya olasiz?

- Mbeke Tojikiston chempionatining to'purari sanaladi. Sekin-asta jamoaga moslashmoqda. Vaqt o'tishi bilan optimal sport formasiga kirib boradi, deb o'ylayman. Hozircha funkcional jihatdan to'liq tayyor emas. Jarohatdan so'ng tiklanish jarayonini olib bordi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика