Ildar Mamatkazin: “Andijonlik muxlislar eng zo'ri, ammo fan-klub futbolchilarning taqdirini hal qilsa, menimcha, bu noto'g'ri”
11 fev 15:34
Yangiliklar
Ildar Mamatkazin: “Andijonlik muxlislar eng zo'ri, ammo fan-klub futbolchilarning taqdirini hal qilsa, menimcha, bu noto'g'ri”
— Islom Mamatkazinning “Navbahor”ga ketishi. Bu jarayonda nima bo'ldi?
— 2025 yilda Islomning shartnomasi tugayotgan edi. Klub unga yangi shartnoma taklif qildi, ammo u ochiq aytdi: avval xorijda o'zini sinab ko'rmoqchi. Shu bilan birga, agar chet elga chiqish amalga oshmasa, birinchi bo'lib “Andijon” bilan muzokaraga qaytishini bildirdi.
Ammo klub tomoni juda qatiy poziciya bildirdi: agar shartnomani imzolamasa, maydonga tushmaydi. Avgust oyida xorijiy klub varianti paydo bo'ldi va muzokaralar boshlandi. Islom “Andijon” transferdan foyda ko'rishini xohlardi, biroq jarohat olib, kelishuv bekor bo'ldi.
Shundan keyin klub rahbari Rustam Mamajonov uni chaqirib, ultimatum qo'ydi: ikki kun ichida shartnoma imzolaysan yoki zaxira jamoaga yuborilasan. Shu suhbatdan so'ng Islom kelishuvni uzaytirishdan bosh tortdi.
— Keyin nima bo'ldi?
— Ikki oy davomida jarohatini o'z hisobidan davoladi. Klubdan hech kim qo'ng'iroq qilib, holidan xabar olmadi. O'z shahrining tarbiyalanuvchisiga shunday munosabat bo'ldi.
Mavsum oxiriga kelib u tiklandi va shartnomasini oxirigacha halol bajarishni istadi. Ammo OAVda “Navbahor”ga o'tishi haqidagi xabarlar chiqqach, bosim boshlandi. Fan-klub rahbari o'z telegram kanalida Islomni mashg'ulotlarga qo'ymaslik kerakligi haqida yozdi.
Bundan tashqari, hurmatli hokimimizga noto'g'ri malumot etkazilib, Islom xoin sifatida ko'rsatildi. Voqeaning barcha tomonini bilmasdan odamni ayblab bo'lmaydi. Fan-klub jamoani qo'llab-quvvatlashi kerak, klub boshqaruvida bevosita ishtirok etmasligi lozim.

— Fan-klubning bunday tasiri qanday mumkin?
— Agar rahbariyat va murabbiylar bunga quloq solayotgan bo'lsa, demak, tasir bor. Andijon muxlislari juda faol, men ularni hurmat qilaman. Ular butun O'zbekistonni uyg'otgan.
Lekin ayrim odamlar klub ishlariga aralasha boshlayapti: bazaga kelishadi, yig'ilish o'tkazishadi, qaysi futbolchi qoladi, qaysi biri ketadi — shuni hal qilishga urinadi. Yana bir andijonlik tarbiyalanuvchi Sardorbek Azimovga ham bosim bo'layotgani aytilmoqda. Bularning barchasi noto'g'ri.
— Hozir Islomning ahvoli qanday?
— Albatta, unga juda og'ir bo'ldi. Lekin ko'plab muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda uni qo'llab-quvvatlab, omad tilashdi — bu unga kuch berdi.
U hokim bilan shaxsan uchrashib, vaziyatni tushuntirmoqchi edi, ammo afsuski, bunga imkon berilmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar
Лекин иккала томонни эшитмасдан хулоса килиш натогри.
Балки бир кун клуб ходими ва фан клуб етакчиси ва Ислом уртасида очик сухбат булар,(агар фан клуб аралашган болса)шунда хакикат юзага чикади унгача .........