So’nggi yangiliklar

03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  23 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  4 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  1 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  1 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  4 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  12 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  2 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  4 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  4 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  4 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  16

Hindiston termasi bosh murabbiyi Igor SHtimac: "Suriya – O'zbekistonga o'xshash terma jamoa. Maydonda jang kechadi" Yangiliklar

Hindiston termasi bosh murabbiyi Igor SHtimac: "Suriya – O'zbekistonga o'xshash terma jamoa. Maydonda jang kechadi"

Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan Suriya va Hindiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi Igor SHtimac va jamoa sardori Sunil CHetri qatnashdi.

- Murabbiyning o'yin haqidagi fikri qanday?

- Oxirgi o'yin muhim bo'lishi aniq. Ikkala jamoa ham keyingi bosqichga chiqish uchun borini beradi. Yaxshi o'yin bo'lishi kutilmoqda. Maydonda jang kechadi. Vanihoyat to'liq tarkib bilan harakat qilamiz. Bu quvonarli, albatta.

- Ushbu Osiyo kubogi Hindiston jamoasiga qanday foyda berdi?

- Katta tajriba orttirdik. Jahon chempionati o'tkazilgan tuzilmalarda harakat qilishning o'zi biz uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi. 

- Ertaga Hindiston terma jamoasi g'alaba qozonib, pley-off bosqichiga yo'l olishga muvaffaq bo'lsa, bu mamlakat uchun qanday natija bo'ladi?

- Pley-off bosqichiga yo'l olish katta natija bo'ladi. Osiyo kubogida ekanimizni o'zi biz uchun katta natija. Hali ham koncentraciyamiz yuqori va ertaga nima qilishimiz kerakligini aniq bilamiz. O'zbekiston va Avstraliyaga qarshi qulay imkoniyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik.

- Jarohatlar haqida aytib o'tsangiz?

- To'liq tarkibdamiz deb aytib o'tdim. Bizda jarohatlanganlar deyarli qolmadi.

- Sunil, bu siz uchun birinchi Osiyo kubogi emas. Bu safargi Osiyo kubogida oldingilarida yo'q bo'lgan qanday sifatga egasiz?

- Orada katta farq bor. SHulardan biri biz to'plagan katta tajriba. Oxirgi uchta Osiyo kubogida tajriba to'plab keldik. Qatardagi musobaqada biz o'zimizni juda qulay his qilyapmiz.

- Sunil, terma jamoa va shu jumladan siz ham hali gol urishni uddalay olmadingiz. Ertangi o'yinda musobaqadagi birinchi golimizni kirita olamizmi?

- Hindiston bilan gol urishni uddalay olmayapmiz. O'zbekistonga qarshi Avstraliyadan ko'ra ko'proq imkoniyat yaratdik. Ishoning, Osiyo kubogida gol urish oson ish emas. O'zbekiston va Avstraliya qitaning eng kuchli jamoalaridan hisoblanadi. O'zbekistonga qarshi o'yinda bir nechta qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardik, ammo gol ura olmadik. Katta turnirlarda shu kabi narsalar farqni belgilab beradi. Gol urishni hech kim bizdan ko'ra ko'proq xohlamaydi. 

- Hindiston ikki o'yinda 5 ta gol o'tkazdi. Bu qanchalik yomon?

- Bu juda yomon. O'z jarima maydonimizda yomon harakat qilyapmiz. Bu nimanidir o'zgartirishimiz kerakligini bildiradi. Ishonamanki, buni to'g'rilay olamiz. 

- Suriya musobaqadagi jismonan kuchli jamoa hisoblanadi. Buni keyingi o'yinga qanday tasiri bo'ladi?

- Biz jismonan juda kuchli bo'lgan ikki jamoaga qarshi o'ynadik. Muhimi, xato qilmasligimiz kerak. Osiyo kubogida xatoga yo'l qo'yib bo'lmaydi, raqiblar buni kechirishmaydi.

- Suriyaning oxirgi ikki o'yinini ko'rdingiz. Raqiba haqida qanday fikrdasiz?

- Suriya – O'zbekistonga o'xshash jamoa. Ulardagi futbolchilar kuchli chempionatlarda harakat qilishadi. Suriya klassik 4-4-2 sxemada o'ynaydi, yaxshi saviyadagi yoshlar ham etarli. Suriya juda jiddiy jamoa. Aytib o'tganimdek, Suriya jismonan kuchli jamoa. Bunday holatlarda men o'yinchilarimga yakkakurash va kontaktlardan qochishni maslahat beraman. Ertaga himoya chizig'imiz yaxshi harakat qilishi kerak. Koncentraciyani kuchaytirish shart.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика