So’nggi yangiliklar

07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Igor SHkvirin: “Kubok o'yinida yo'qotadigan narsaning o'zi yo'q” Yangiliklar

Igor SHkvirin: “Kubok o'yinida yo'qotadigan narsaning o'zi yo'q”

O'zbekiston Kubogining chorak finalidan o'rin olgan bahsda “Bunyodkor” o'z maydonida “Olmaliq”ni qabul qildi va dastlabki bellashuv 2:2 hisobida yakun topdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida “Olmaliq” bosh murabbiyi Igor SHkvirin quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

-   O'yin Kubok bahsiga xos tarzda kechdi, oliy liga uchrashuvidan farq qildi. Birinchi taymda ayniqsa himoyada xatolarga yo'l qo'ydik. Futbolchilar nimadan qo'rqishdi, hayronman. Ikkinchi bo'limda “Bunyodkor” jismoniy jihatdan charchab qoldi, bu esa bizga qo'l keldi. Natijada oxirgi daqiqalarda to'p kiritib, durangni taminlay oldik.
 
-   Asosiy tarkibda Zafar Polvonov, SHerzod Hakimov kabi hujumchilar maydonga tushmaganining sababi nimada?
-   Ketma-ket ikkinchi o'yinda nominal hujumchisiz to'p suryapmiz. O'z maydonimizda “Buxoro” bilan o'ynaganimizda tarkibda hujumchilardan birgina SHarif Mirzaev bor edi. Bugun esa zaxiradan SHerzod Hakimovni tushirdik. Polvonov jarohat olgan va hozir davolanmoqda. Hakimovni maydonga tushirayotganda qanotlardan hujum qilamiz, gol urishing kerak deb alohida tayinladim. U esa aytganimni qildi va gol urdi.
 
-   Ikkinchi taymda shogirdlaringiz ancha jonlanib qolishdi. Bu sizning ko'rsatmangiz bo'ldimi yo futbolchilarning o'zi tushunib etdimi?
-   Men tanaffusda tezlikni oshirish kerakligini aytdim, xolos. Qolaversa, Kubok o'yinida yo'qotadigan narsaning o'zi yo'q.

-   O'tkazib yuborilgan gollarda darvozabonning aybi bormi?
-   Birinchi golga etibor beraylik, “Bunyodkor” hujumchisi juda yaxshi sakrab gol urdi. Men o'sha hujumchi bosh bilan yaxshi o'ynay oladimi yo'qmi, unchalik bilmayman. Lekin himoyachimiz Stanoevich to'pni qaytarib yuborsa bo'lardi. Ikkinchi gol rikoshet holatida kiritildi va bu golda darvozabonni ayblash noto'g'ri.
 
-   “Olmaliq” oldiga Kubok o'yinlarida qanday vazifa qo'yilgan?
-   Kubok finali qaerda bo'lib o'tadi? Olmaliqdami? Reglamentda final neytral stadionda o'tkaziladi deyilgan. SHunday ekan, maqsadimiz neytral maydonda o'ynash deya olaman.

X.Xoliqov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика