So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  6 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Hussayin Amotta: "Al Sadd" O'zbekistonga bir qator yo'qotishlar bilan keldi" Yangiliklar

Hussayin Amotta: "Al Sadd" O'zbekistonga bir qator yo'qotishlar bilan keldi"

Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Sadd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Hussayin Amotta va Abdulla Al Misaiki qatnashdi.

"Ertaga muhim va og'ir o'yinlardan biri bo'ladi. "Lokomotiv"ning bugungi kunda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatga ega. SHu bois raqib g'alaba qozonishni istaydi. Iloji boricha ijobiy natijaga erishishga intilamiz", - deydi Amotta. 


"Ertaga qiyin o'yin kutib turibdi. Raqibimiz juda kuchli jamoa. Keyingi bosqichga chiqish uchun ikkala jamoada imkoniyat mavjud", - deydi Al Misaiki. 


- O'yinoldi matbuot anjumaniga kelgan futbolchi o'yinda asosiy tarkibda o'ynashi kerak. Bundan kelib chiqadiki Abdulla Al Misaiki ertaga asosiy tarkibda tushadimi. 1995 yilda tug'ilgan futbolchi bu mavsum OCHLda umuman o'ynamagan.

- U yosh futbolchi ertangi bahsda maydonga tushish imkoniyatiga ega. Bugungi rasmiy mashg'ulotlardan so'ng yakuniy tarkibni aniqlab olamiz. 


- Jamoa ertangi o'yindan oldin qanday yo'qotishlarga ega?

- Talal Al Blushi, Ibrohim Majid va Yosir Yahyo kabi futbolchilarimizda jarohatlar bor. Ammo ularning o'rnini bosa oladigan futbolchilar bor. 


- Qatar chempionati tugashiga 2 tur qoldi. Bosh murabbiy uchun ayni paytda qay biri muhimroq: OCHLmi yoki Qatar chempionatimi? 

- Asosiy etibor OCHLga qaratilgandi. SHu zaylda davom etib guruhdan chiqmoqchimiz. Qatar chempionati ham muhim. "Al Jayish"ga qarshi muhim o'yinni o'tkazamiz. Hozirda "Laxviya"da chempion bo'lish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Ammo biz oxirigacha kurashamiz.

Qo'shimcha tarzda "Al Sadd" OCHLda ikki marta chempion bo'lgan. Jamoa rahbariyati asosan xalqaro o'yinlarda yuqori natijalarga erishishni maqsad qilib qo'yadi.


- "Al Sadd" shu kungacha OCHL doirasida uch marta O'zbekistonda o'ynagan. "Neftchi"ga ikki marta yutqazgan va "Paxtakor" bilan durang o'ynagan. Ertaga ham jamoa O'zbekistonda o'ynaydi...

- Statistika bu statistika. Bor etiborimizni ertangi o'yinga qaratamiz. Jamoa O'zbekistonga bir qator yo'qotishlar bilan etib keldi. "Lokomotiv"ning uchta o'yinini kuzatdim. Bizga qarshi o'yinda faqat hisob yomon bo'ldi, ammo statistik ko'rsatkichlarda raqibimiz bizga yutqazishmagandi. Har bir jamoa g'alaba uchun maydonga tushadi, biz ham bundan mustasno emasmiz.


- Qatarda mavsum tugab bormoqda. Futbolchilarning jismoniy holati qay darajada? Yana bir savol yaqinda o'tgan FIFA kunlari jamoaning tayyorgarligiga qanchalik tasir qildi?

- To'g'ri savol berildi. Hozirgi paytga kelib chempionat tugab bormoqda, o'yinchilardan diqqatli bo'lishini talab qilayapmiz. FIFA kunlari haqida aytadigan bo'lsam, klub terma jamoalarga 7-8 nafar futbolchilar beradi. Ular termaga borib o'ynab qaytishgach malum muddat jamoaga qo'shilib keta olishmaydi. SHu bois biz bir qator yoshlarga etibor qaratayapmiz, termaga ketgan futbolchilarni o'rnini yosh futbolchilar egallashadi.



Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика