So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  6 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Hozirgi futbolimizda taktika tomonlama eng kuchli mahalliy murabbiy kim? Yangiliklar

Hozirgi futbolimizda taktika tomonlama eng kuchli mahalliy murabbiy kim?

Zamonaviy futbol ko'p jihatdan kuchli jismoniy tayyorgarlik hamda to'g'ri taktikaga tayanadigan bo'lib qoldi.

Albatta, hozirgi futbolni taktikasiz tasavvur qilish qiyin. Futbolchi individual jihatdan harqancha mahoratli bo'lmasin, murabbiy belgilab bergan taktikaga mos ravishda o'yin namoyish etmas ekan, nimadir o'xshamay qolaveradi. 

O'zbek futbolida ham bir nechta taktik usullar bor. Lekin to'g'risini aytsish kerak, bizda hali taktik o'ynaladigan futbol kuchli rivojlanmagan. Bu o'rinda murabbiylardan ko'p narsa talab qilinadi, zero taktikani jamoa o'yiniga ular olib kiradi. Telegram kanalimizga "Hozirgi futbolimizda taktika tomonlama eng kuchli mahalliy murabbiy kim?" degan savol bilan so'rov qo'ygandik.


 

Bugun so'rovnoma natijalarini keltirib o'tamiz. Variantlar sifatida bir nechta murabbiy nomini keltirib o'tdik va eng ko'p ovozni (52 foiz) "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev to'pladi. So'rovnomada 22 mingdan ziyod o'quvchi qatnashgan bo'lsa, yarmidan ko'pi aynan Berdievni hozirgi o'zbek futbolida eng kuchli taktik murabbiy sifatida belgilagan. 

Bu borada keyingi o'rin 13 foiz ovoz bilan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovga nasib etdi. AGMK ustozi Mirjalol Qosimov esa 12 foiz to'plab uchinchi bo'ldi.

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev 9 foiz to'plagan bo'lsa, Olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze 5 foiz ovozga ega bo'ldi. "Navbahor" ustozi Viktor Jalilov esa 2 foiz ovoz yig'di. SHuningdek, so'rovnomada qatnashganlarning 1 foizi Jasur Abduraimov, Baxtiyor Ashurmatov va Hamidjon Aktamov kabi murabbiylarga ovoz bergan. Ishtirokchilarning 4 foizi esa "Boshqa murabbiy" variantini tanlashgan.

Albatta, bu ko'p fikr-mulohaza talab qiladigan savol hisob hisoblanadi. Lekin bir narsani unutmaylik, modomiki ko'pchilik Ro'ziqul Berdievni birinchi o'ringa qo'ygan ekan, demak "Nasaf" qo'llaydigan taktika ko'pchilikka maqul kelmoqda. 

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика