So’nggi yangiliklar

01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  0 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   4 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  3 23:45Миллатлар лигаси. Греция, Австрия ва Норвегия жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  7 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  12 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

O'zbekiston ikkinchi turda uyg'ondi va Hindistonni yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

O'zbekiston ikkinchi turda uyg'ondi va Hindistonni yirik hisobda taslim qildi

Osiyo Kubogi guruh bosqichi ikkinchi turidan o'rin olgan Hindiston - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

India

Asian Cup Grp. B . 2-tur

18/01/2024, 18:30

3
:
0
Tugadi

Uzbekistan

Abbosbek Fayzullayev - 4', Igor Sergeev - 18', Sherzod Nasrulloev - 45'

Stadion: Ahmed bin Ali Stadium, 38491 tomoshabin

45'
90'
46'  Manvir Singh (Rahul Kannoly Praveen)
72'  Sunil Chhetri (Ishan Pandita)
72'  Anirudh Thapa (Brandon Fernandes)
84'  Suresh Singh Wangjam (Deepak Tangri)
86'  Mahesh Singh Naorem (Kumam Udanta Singh)
4'  Abbosbek Fayzullayev
4'  Otabek Shukurov
18'  Igor Sergeev
45'  Sherzod Nasrulloev
46'  Sherzod Nasrulloev (Zafarmurod Abdirahmatov)
74'  Oston Urunov (Khozhimat Erkinov)
74'  Jaloliddin Masharipov (Azizbek Turgunbaev)
83'  Abbosbek Fayzullayev (Jamshid Iskandarov)
83'  Odildzhon Khamrobekov (Jamshid Boltaboev)

O'zbekiston terma jamoasining bugungi uchrashuv uchun tarkibi bilan tanishing. 

Osiyo Kubogi-2023 | 2-tur
18.01.2024 | 19:30 (Toshkent vaqti)
HINDISTON – O'ZBEKISTON 0:3
“Ahmad bin Ali” stadioni, Doha
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Jou Fey, Jang CHeng (ikkalasi Xitoy)
Zaxira hakami: Ahmad Muhammad (Iordaniya)
VAR: Omar Muhammad Ahmad (BAA)
AVAR: Araki Yusuke (Yaponiya)

Gol: Abbos Fayzullaev (Otabek SHukurov) 3 (0:1), Igor Sergeev 18 (0:2), SHerzod Nasrullaev 0:3

Hindiston: 1. Gurpreet Singx Sandu, 2. Raxul Beke, 5. Sandesh Jingan, 6. Akash Mishra, 7. Anirud Tapa (10. Brandon Fernandes,72) 8. Suresh Singx, 9. Manvir Singx, 11. Sunil CHetri (26. Ishan Pandita72), 14. Manesh Singx (15. Udanta Singx,86), 19. Lalengmavia Apuia, 21. Nikil CHandrashekxar

Zaxira: 3. Subsix Bose, 4. Lalchungnunga, 13. Vishal Kait,  16. Raxul Kannoliy, 17. Lalianzuala CHangte, 20. Pritam Kotal, 22. Metab Singx, 23. Amrinder Singx, 25. Depak Tangri, 

O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov, 4. Farruh Sayfiev, 13. SHerzod Nasrullaev ( 26. Zafarmurod Abdirahmatov,46) 25. Abduqodir Husanov, 15. Umar Eshmurodov, 7. Otabek SHukurov, 9. Odil Hamrobekov (14. Jamshid Boltaboev,83), 10. Jaloliddin Masharipov (19. Aziz Turg'unboev, 73), 11. Oston O'runov (20. Xojimat Erkinov,73), 22. Abbosbek Fayzullaev (8. Jamshid Iskanderov,83), 21. Igor Sergeev

Zaxira: 12. Abduvohid Nematov, 16. Botirali Ergashev, 2. Muhammadqodir Hamraliev, 5. Rustamjon Ashurmatov, 6. Diyor Xolmatov,   17. Bobir Abdixoliqov, 18. Abdulla Abdullaev, 


YANGILASH 

MATNLI TRANSLYACIYA 


Uchrashuv yakunlandi. G'alaba muborak O'zbekiston. 

90+3. ZARBAAAAAAAAAAAAA. Jamshid Iskanderov jarima maydonchasiga yaqin joyda zarba yo'lladi. Uning zarbasi darvoza to'rini titratdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Statistika: To'p nazorati: 53/47 %

83. O'ZGARISH. O'zbekiston, Abbos Fayzullaev o'rniga Jamshid Iskanderov, Odil Hamrobekov o'rniga Jamshid Boltaboev tushdi. 

82. Xojimat qanotdan yorib kirishga harakat qildi. Samarasiz. 

75. Statistika: Xavfli hujumlar soni: 26/37

73. O'ZGARISH. O'zbekiston, Oston O'runov o'rniga Xojimat Erkinov tushdi. Jaloliddin Masharipov o'rniga Aziz Turg'unboev tushdi. 

72. O'ZGARISH. Hindiston, Tapa o'rniga Fernandes, CHetri o'rniga Pandita tushdi. 

67. Sayfievning jarima maydonchasiga uzatgan to'pini golga aylantira oladigan futbolchi topilmadi. 

64. Ikkinchi bo'limda temp o'rtacha. O'zbekiston pozicon hujumlarni davom ettirmoqda. 

58. Statistika: Aniq zarbalar 2/5

51. Zafarmurod Abdirahmatov bugun Osiyo Kubogida debyut uchrashuvini o'tkazmoqda. Abbos esa musobaqadagi debyut golini urdi. 

49. UUUUUUUX.  Hindiston oldinga o'tdli. Yusupov birinchi vaziyatda to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni raqib futbolchisi darvozaga yo'lladi. To'p ustunga tegdi. Hindiston darvozamiz oldiga juda yaqin keldi

46, O'ZGARISH. SHerzod Nasrullaev o'rniga Zafarmurod Abdirahmatov tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus. 

45+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. NASRULAEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEV. Oldinga intilishda davom etamiz. Bugun bizning kunimiz. 

45. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. SEEEEEEEEEEYV. Yusupov hindistonlik futbolchining 25 metrlardan yo'llagan zarbasini qaytardi.

42. Husanov Tapaga qarshi kurashda ustun keldi. U o'z uslubini ishga soldi. 

40. Masharipov Sergeevga yaxshi uzatma berdi. Igor o'yindan tashqari holatda, deb topildi

39. Sergeev darvozabon darvozadan chiqib ketganini ko'rdi va zarba yo'lladi, biroq noaniq

37. Eshmurodov sal qolsa darvozamiz tomon gol urib qo'yishi mumkin edi, baxtimizga Yusupov o'z o'rnida

35. Masharipovdan super uzatma va Abbos darvozabon bilan deyarli birga bir chiqdi, biroq raqib darvozaboni ham yaxshi harakat qildi

33. Abbos yana yaxshi harakat qildi va ajoyib uzatmani amalga oshirdi, himoyachi to'pni burchakka chiqarib yubordi

29. Hindiston jarima zarbasini ijro etdi. Barchasi joyida. Barchasi nazoratimiz ostida

26. Igor Sergeev so'nggi marotaba 2015 yilgi Osiyo Kubogida KHDR darvozasini ishg'ol qilgandi. U qaytdi. 

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SERGEEEEEEEEEEEEEEEEEEV. U bugun o'z so'zini  aytishi kerak edi. Abbos yana katta ishni bajarib berdi. Qanotdan tezda kirib bordi va to'pni uzatdi. Birinchi urinishda himoyachi qaytardi. Sergeev joyida paydo bo'ldi va gol urdi. Abbos + Sergeev=gol

17. UUUX. Xusanov o'z uslubida. U hindistonlik futbolchini ko'rdimm demadi. 

15. Ustunlik to'liq O'zbekiston tomonida. Hujumlarimiz bugun ancha keskin tus olyapti. 

13. Bu O'zbekiston. Bu bizning o'zimizning yigitlar. Bo'shashmaymiz. 

10. ZARBAAAAAAAAAAAAA. Masharipov jarima zarbasini ajoyib ijro qildi. To'p darvozaga kirishiga to'sin xalaqit qildi

7. ZARBAAAAAAAAAAAAA. Otabek SHukurovning zarbasi juda va juda xavfli ko'rinish oldi.

4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. ABOOOOOOOOOOOOOOS FAYZULAEEEEEEEEEEEV. Nasrullaev qanotdan to'pni jdarima maydonchasiga oshirdi. SHukurov boshi bilan to'pni ichkariga etkazib berdi. Abbos to'pga birinchi bo'lib etib keldi va boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. 

1. Ilk daqiqalardan ikki terma jamoa ham ochiq o'yin ko'rsatishga harakat qilmoqda. 

Uchrashuv boshlandi. Biz albatta engamiz.

Olg'a O'zbekiston!

Jamoalar maydonga chiqib keldi. Ikki mamlakat madhiyasi yangramoqda.

- Bugungi o'yin hakami Fu Ming boshqargan bahslarda vakillarimiz 2ta g'alaba, 4ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etishdi.

- Hindiston bosh murabbiyi Igor SHtimac faqat klublar doirasida o'zbek klublariga qarshi 2016 yil "Sepaxon" boshqaruvida maydonga tushgan. O'shanda "Lokomotiv" OCHL guruh bosqichida 2ta o'yinda ham g'alaba qozongan. 

- O'zbekiston Hindiston bilan so'nggi marotaba 2001 yil "Merdeka" kubogida to'qnash kelganmiz va 2:1 hisobida g'alaba qozonganmiz. 

- Hindiston bilan shu kungacha 5 marotaba to'qnash kelganmiz. Bu o'yinlarda 4ta g'alaba, 1ta durang natija qayd etilgan. 

- O'yin boshlanguniga qadar ayrim qiziqarli malumotlar bilan o'rtoqlashamiz. 

 - Uchrashuv 19:30da boshlanadi. 

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика