So’nggi yangiliklar

10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  0 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчи фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   0 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  33 08:28Англия терма жамоаси 71 йиллик рекордни такрорлади  4 08:00"Йўқ, йўқ. Биз Криштиану билан кучлироқмиз" Португалия терма жамоаси бош мураббийи Роналдусиз терма жамоанинг ўйини ҳақида  15 07:27ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида финал учрашувида сенсация қайд этилди  2 02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  10 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  3 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  151 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  10

"Har o'yinda jang qilishga tayyormiz" - Vadim Abramov og'ir taqvim, "o'lim guruhi" va keyingi bahslar haqida Yangiliklar

"Har o'yinda jang qilishga tayyormiz" - Vadim Abramov og'ir taqvim, "o'lim guruhi" va keyingi bahslar haqida

Teglar :  Vadim AbramovDinamo
O'zbekiston kubogi guruh bosqichiga qura tashlangach, Dinamo H guruhida kubokning amaldagi sohibi Nasaf, Andijon va Navbahorga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. Quradan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Vadim Karlenovich, Superligada mart oyidagi og'ir taqvimdan keyin «Dinamo» kubokda ham «o'lim guruhi»ga tushdi. Jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Ha, kuchli guruhdan joy oldik. «Andijon»ga qarshi safarda o'ynaymiz, «Nasaf» va «Navbahor»ni qabul qilishimiz ko'rsatilgan. Ammo Camarqandda o'ynamayotganimizni inobatga olsak, uchta o'yin ham biz uchun safarda o'tadi. CHunki maydonimizga qachon o'ynashga ruxsat berilishini hali aniq bilmayman. Nailoj, ushbu o'yinlar orqali o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarishga urinamiz. Har o'yinda jang qilishga tayyormiz. Bitta muammo –  o'z maydonimizda o'ynamayotganimiz. Qolganini to'g'rilasa bo'ladi.

- Eng og'ir taqvim «Dinamo»da: mart oyida chempionlik uchun davogar «Navbahor», «Neftchi», OKMKga qarshi o'ynaldi, aprelda esa Superligani yaxshi boshlagan «Andijon»ga qarshi safar o'yini, kubokning amaldagi sohibi «Nasaf» va yana «Navbahor»ga qarshi to'qnashuvlar. Jamoa ruhan tiklana oladimi?

- Bu futbol. Biz ham ulardek startni omadli boshlashimiz mumkin edi. Ammo turli sabablar tufayli bunday bo'lmadi. Bu masalaga qaytishni istamasdim, ammo Namangan va Olmaliqdagi o'yinlarimizni takroran ko'rib, tahlil qildim – hakamlar juda ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Albatta, o'zimizda ham kamchiliklar bo'ldi. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda ular xatolarsiz boshqarishadi. O'shanda maydonda ko'p narsani isbotlashimiz mumkin bo'ladi. 

- «Dinamo» o'tgan yil Pro ligada ishtirok etib, kubok yarimfinaligacha etib bordi va sovrinni qo'lga kiritgan «Nasaf»ga yutqazdi. Bu yil O'zbekiston kubogidagi vazifa qanday bo'ladi?

- Birinchi vazifa – guruhdan chiqish. Qolaversa, «Nasaf»ga qarshi bu safargi o'yinimizda farq bor, o'shanda yarimfinal bir o'yindan iborat edi, bu erda esa guruhda 3ta o'yin bor va har qanday holatda ham vaziyatni o'nglash imkoni bo'ladi. Bunday jamoalarga qarshi o'yin o'zimiz uchun ham qiziq bo'ladi. 

- «Dinamo» 3-turni so'nggi bo'lib o'tkazdi, ammo Superliga 4-turini 28 mart kuni «Metallurg»ga qarshi o'yin bilan boshlab berishi taqvimda belgilangan. Asosiy tarkib o'yinchilari Odiljon Abdumajidov va hujumchi Kojo Joel FIFA kunlarida olimpiya va milliy jamoada bo'lishadi. Ularning o'yingacha qaytish imkoniyati qanchalik?

- Abdumajidov O'zbekiston olimpiya jamoasi safida 26 mart kuni Qatarda ushbu mamlakat olimpiya jamoasiga qarshi o'ynaydi, Kojoning ham 26 mart kuni Qirg'iziston milliy jamoasi safida bo'lishi aniq edi. CHunki FIFA kunlari doirasida shu kuni o'yinlar bor. Biz esa «Metallurg» bilan o'yinimizni 28 martda o'tkazamiz, o'yingacha ular kelishi mumkin, ammo darhol tarkibga tushishiga umid qilish qiyin. CHunki o'yinlar, safarlar, uchishlardan keyin charchoq bo'ladi. Tayyorgarlikni davom ettirib, vaziyatga o'yin oldidan baho beramiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика