Hamidullo Abdunabiev: "Bunyodkor"da har bir o'yin bosimli va finalga teng ruhda o'tdi"
30 noy 2024 20:54
Yangiliklar
Hamidullo Abdunabiev: "Bunyodkor"da har bir o'yin bosimli va finalga teng ruhda o'tdi"
Superliga 26-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Paxtakor" (2:0) o'yinidan so'ng mezbonlar posboni Hamidullo Abdunabiev bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin oldindan qiyin bo'lishini bilar edik. Muhimi Superligada qolishni uddaladik. Har bir o'yinda bosim katta, finalga teng edi. Xudoga shukur yaxshi o'ynab g'alaba qozondik. Ikkinchi davrani "Bunyodkor"da yaxshi o'tkazdim.
O'zimga bo'lgan ishonchning oshishida murabbiylarning xizmati katta bo'ldi. Ular imkoniyat berishdi. Bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qildim. "Bunyodkor" bilan shartnomam bor. Navbatdagi mavsumga tayyorgarlik ko'ramiz. O'ylaymanki, 2025 yil bu yilgidan ham yaxshiroq natija qayd eta olamiz", - deydi Hamidullo Abdunabiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar