So’nggi yangiliklar

14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0

Hamidjon Aktamov: "Qizilqum"ning oldiga aniq vazifa qo'yilmagan" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Qizilqum"ning oldiga aniq vazifa qo'yilmagan"

Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Obod" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.


- Yutishimiz kerak bo'lgan o'yinda durang o'ynadik. Ikkinchi taymda jamoamiz yaxshi o'ynadi. Futbolchilarga etirozim yo'q. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. To'rtinchi marotaba ketma-ket durang qayd etdik. Hujumlarni golga aylantirishda oqsayapmiz, - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Hamidjon Aktamov.


- Hujumchi Vohid SHodievni umuman tanib bo'lmay qolgan. SHodiev legioner bo'lib o'ynab kelganidan buyon butkul o'zgargan. Uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan hujumchilar yo'qmi yoshlar jamoasida? To'g'risini aytganda, "Qizilqum" SHodiev bilan bir futbolchi kam o'ynayotgandek taassurot qoldirmoqda...

- Bekzod G'anijonov bor yosh hujumchilardan. Lekin bu futbolchini jarohati borligi uchun undan foydalana olmayapmiz. Hozircha hujumchilar borasida oqsayotganimiz bor gap. Zaxirada ham ularni o'rnini to'ldiradigan futbolchilar yo'q.

- Bugun zaxiradan faqatgina birgina futbolchini maydonga tushirdingiz...

- Ikkinchi bo'limda Otabek Zokirovni maydonga tushirgach o'yinimizda, xususan qanotlarimiz yanada faollashdi va birinchi taymga nisbatan kuchliroq o'ynadik. Lekin hujumlarga yakuniy nuqtani qo'yishda adashdik. "Obod" ham yaxshi jamoa. Bugun ular juda tartibli himoyalanishdi. Qoyil. Nega zaxira imkoniyatidan to'liq foydalanmaganimga keladigan bo'lsak, maydondagi futbolchilarning o'yini, holati meni qanoatlantirayotgandi. SHu boisdan ham boshqa o'zgarishlarni amalga oshirmadim.

- Alisher Yusupov ko'rinmay qoldi...?

- Alisher Yusupov jiddiy jarohat olgan. Uning qachon safga qaytishi hali nomalum.

- Jamoa oldiga aniq vazifa qo'yilganmi?

- Biz yuqori o'rinlar uchun harakat qilamiz, intilamiz. Lekin jamoamiz oldiga aniq vazifa qo'yilmagan. Maqsadimiz iloji boricha yuqori o'rinlardan birini egallash.


Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" jamoasi Oliy liganing oxirgi to'rtta uchrashuvidan buyon durang o'ynamoqda. Dastlab Navoiyda "So'g'diyona", "Olmaliq", "Nasaf" va "Obod"ga qarshi o'yinlarda durang qayd etildi.


"Qizilqum" jamoasi 9-turdan keyin 10 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 12-pog'onasida bormoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика