Ham Braziliya, ham Ispaniya terma jamoasida o'ynagan futbolchi Luis Suaresning o'rnini egalladi
09 fev 2024 11:50
Yangiliklar
Ham Braziliya, ham Ispaniya terma jamoasida o'ynagan futbolchi Luis Suaresning o'rnini egalladi
"Atletiko", "CHelsi", "Vulverxempton" klublarida o'ynagan Diego Kosta yodingizdami?
35 yoshli tajribali hujumchi Braziliyaning "Germio" klubi bilan 2024 yil oxirigacha shartnoma tuzdi. 1 yanvar kuni uning "Botofago" bilan shartnomasi yakuniga etgan edi.
Qizig'i Diego Kosta ikkita terma jamoada o'ynagan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. U 2013 yilda Braziliya terma jamoasi tarkibida 2ta o'yinda maydonga tushgan. Keyin fuqaroligini o'zgartirib, 2014-2018 yillar davomida Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Malumot uchun, yaqinda "Gremio"ni Luis Suares tark etgan va "Inter Mayyami"ga ko'chib o'tgandi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Diego Kostaning transfer narxi 1,6 million evroga teng.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar