Rasman: Fejsal Mulich - “So'g'diyona” futbolchisi
27 dek 11:41
Yangiliklar
Rasman: Fejsal Mulich - “So'g'diyona” futbolchisi
Jizzaxning “So'g'diyona” klubi o'z safida serbiyalik yarim himoyachi Fejsal Mulichni qo'shib oldi.
“Yangi mavsum oldidan yuksak maqsadlar sari dadil qadam tashlayotgan “So'g'diyona” jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
Bugun klubimiz serbiyalik tajribali hujumchi Fejsal Mulich bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi.
Tajribali legioner haqida: Fejsal Mulich faoliyati davomida bir qator nufuzli Evropa va Osiyo klublarida to'p surgan. Jumladan:
"Myunxen 1860", "Royal Moussron", "Hapoel Asre", "Hapoel Tel-Aviv", "Bnei Ehuda", «Mura», "Velez Mostar", «Seongnam», "Suvon Bluevings", «Elimay» va "Buriram United" jamoalari safida o'ynagan.
Fejsalga jamoamiz safida omad, ko'p gollar va yorqin o'yinlar tilaymiz!
Xush kelibsiz, Fejsal!”, — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar