Hakim Fuzaylov: "Superliga sari harakatdan to'xtamaymiz"
05 okt 2022 11:13
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Superliga sari harakatdan to'xtamaymiz"
"Ushbu o'yinga tuzgan rejalarimiz butun 90 daqiqa davomida ish berdi. Yigitlardan minnatdorman. G'alaba adolatli bo'ldi, chunki bahsda katta ustunlikda harakat qildik. Jang davom etadi, Superliga sari harakatdan to'xtamaymiz. Endilikda pley-off bahslarida oson o'yinlar qolmagan", – dedi Fuzaylov.
- Penaltiga tortadigan ikkita vaziyat bo'ldi. Bugungi hakamlik haqida nima deya olasiz?
- Hukm chiqara olmayman. Qolaversa, vaziyatdan uzoqda edim. Hakamlar ishini tekshiradigan, muhokama qiladigan maxsus komissiya bor, ular o'zlari ko'rib chiqishadi.
- "Buxoro" "Turon"ga qarshi kechgan bahsda ham hakamlikdan aziyat chekdi...
- "Turon"ga qarshi bahs o'tib bo'ldi, endi uni muhokama qilishdan naf yo'q. Biz oldinga qarab yurishimiz kerak. Tarixni titkilashdan foyda yo'q!
Biz to'g'ri yo'ldamiz, futbolchilarim har bir o'yinga borlarini berib o'ynashyapti. To'g'ri, biz hozirda etakchilardan ochkolar bo'yicha orqadamiz. Asosiysi, jamoamiz o'yindan o'yinga kuchayib boryapti. Yana bir bor qaytaraman, hammasi hali oldinda, kurash davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar