Hakim Fuzaylov: "Balki ikki ochko yo'qotgandirmiz, lekin o'yin natijasidan qoniqdim"
19 iyu 2024 23:19
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Balki ikki ochko yo'qotgandirmiz, lekin o'yin natijasidan qoniqdim"
O'yin haqida
- "Mashal" biz bilan o'yinga qadar chempionat peshqadami edi. Yigitlar raqibga imkon bermaslikka harakat qilishdi, buni kiyinish xonasida o'zlariga ham aytdim. O'yin davomida mehmonlarga bo'sh xududlarga chiqib borishlarini oldini olishga intildik, zarba berishga imkon bermaslikka urindik. Balki 2 ochko yo'qotgandirmiz, lekin bu o'yin natijasidan mamnun bo'ldim. Bosqichma-bosqich kuchayib boramiz. Hozir jamoaga bir oz mahorat etishmayapti. Yo'qotishlarimiz ham bor, bu ham alohida etiborli muammo.
- Maydon holati haqida gapirib o'tsangiz?
- Aniq eslolmayman, bir vaqtlar "Xiva" jamoasi bilan Xorazmda o'ynaganman. O'shanda bu erdagi maydon suniy edi. Balki Xorazmdagi iqlim tabiiy maydon rivoji uchun xalaqit berar, bilmadim. Lekin bizga imkon qadar yaratib berilayotgan sharoit uchun raxmat aytgan bo'lardim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar