Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi bahsda ikkinchi tarkib bilan o'ynamoqchi, sababi...
26 sen 2024 13:41
Yangiliklar
Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi bahsda ikkinchi tarkib bilan o'ynamoqchi, sababi...
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya liga kubogi haqida fikr bildirdi.
"Angliya liga kubogi keyingi bosqichida ikkinchi tarkib bilan o'ynaymiz. Biz bekorga kuch sarflashni istamaymiz.
Taqvim juda tig'iz, baribir bizning kuchimiz etmaydi. MakEti, Nunesh, Grilish, Foden va 16 yoshli futbolchi uchun bu yaxshi imkoniyat.
Mana nima uchun bu yaxshi turnir, bo'lmasa kubokni ketma-ket 4 yil yutmagan bo'lardik. Biz keyingi bosqichga chiqish uchun o'ynaymiz. Hech qachon, hech qaysi musobaqada atayin yutqazmaymiz. Hech qachon.
Biroq men kubok sabab Premer-liga va ECHLni xavf ostiga qo'ymayman", - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" 48 soat ichida ikkita o'yin o'tkazdi. Angliya liga kubogi navbatdagi bosqichida "Siti" safarda "Tottenxem"ga qarshi o'ynaydigan bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar