Gvardiola: "Olti nafar raqib qo'riqlab yursa, Xoland nima qilsin?"
19 sen 2024 11:49
Yangiliklar
Gvardiola: "Olti nafar raqib qo'riqlab yursa, Xoland nima qilsin?"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Inter"ga qarshi ECHL 1-turi doirasidagi uchrashuvdan (0:0) keyin Erling Xolandning o'yini haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uning atrofida olti nafar raqib bor edi. Oltita (!). Uch nafari ortidan, yana uchtasi oldidan qo'riqlashdi. Ular shu yo'l bilan Xolandni to'xtatishni uddalashdi.
Bunday qarshilik istalgan futbolchiga qiyinchilik tug'diradi. [Franchesko] Acherbi, [Alessandro] Bastoni undan uzog'i besh metrda yurishdi, [Xakan] CHalxanoglu, [Pyotr] Zelinski uning oldida. Bu oson emas.
Biz yuzaga kelgan bo'shliqdan foydalanishg urindik, shu sababli [Ilkaya] Gyundoganda bir nechta vaziyat bo'ldi, ammo "Inter" jismonan bizdan ustunlik qildi. Biz Erlingning atrofiga ko'proq futbolchilarimizni joylashtirishimiz zarur edi va buni amalga oshirdik. "Inter" shunday himoyalanishini taxmin qilgandim"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar