Gvardiola: “Fluminense”ga qarshi final klubda yo'q chempionlik sari so'nggi qadamdir”
20 dek 2023 09:40
Yangiliklar
Gvardiola: “Fluminense”ga qarshi final klubda yo'q chempionlik sari so'nggi qadamdir”
“Biz dam olamiz, barchamiz birgalikda kechki ovqatni tanovul qilamiz. Futbolchilar ushbu kubok “Man Siti”ga qanchalik muhimligini bilishlari uchun muhit yaratamiz.
Klublar o'rtasidagi JCHga chiqish uchun juda ko'p ish qilish kerak, masalan, CHempionlar ligasida g'alaba qozonishingiz lozim.
Ertaga biz “Fluminense” o'yinlarini ko'rib, tahlil qilishni boshlaymiz va keyin yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Bu erda hali hech narsa yutganimiz yo'q.
“Manchester Siti” bu turnirda ilk bor ishtirok etmoqda. Ushbu ajoyib klub vakili ekanligimdan xursandman. “Fluminense”ga qarshi final klubda yo'q chempionlik sari so'nggi qadamdir. SHuning uchun biz g'alaba qozonishga harakat qilamiz”, — deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi “Manchester Siti” rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar