So’nggi yangiliklar

16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  4 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  53 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  2 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  89 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  13

G'uzorda Eshmurod CHorshanbiev xotira turniri bo'lib o'tmoqda FOTO Yangiliklar

G'uzorda Eshmurod CHorshanbiev xotira turniri bo'lib o'tmoqda FOTO

Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida xotira turniri o'tkazilmoqda.

“SHo'rtan”PFK rahbariyati tomonidan 5-10 noyabr kunlarigacha G'uzor shahrida “G'uzor bolalar sport majmuasi ” futbol maydonlarida  2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalar  o'rtasida voha futboli rivojlanishiga o'lkan hissa qushgan g'uzorlik  marhum murabbiy Eshmurod CHorshanbiev xotirasiga bag'ishlab ilk turniri bo'lib o'tmoqda. Mazkur musobaqada jami 10 ta jamoa ikki bo'lingan holda, g'oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Kecha ushbu turnirning  yarim final bahslaridan o'rin olgan qiziqarli ikki uchrashuv  bo'lib o'tdi.


Yosh iqtidor egalari o'rtasida kechgan tomoshabop futbol bahslarida  o'tgan har ikki yarim final juftligida g'oliblar nomi faqatgina uchrashuvdan keyingi yani “omad lotariyasi” penaltilar seriyasida aniqlandi.

Dastlab, birinchi yarim final juftliklari Sami Igamberdiev murabbiyligidagi Samarqandning “BO'SM-1”jaoasi  Denov futbol internati tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga chiqishdi.

Tomoshabop bahsning asosiy vaqtida  har ikki jamoa nursiz durangga rozi bo'lishdi.hisob  1:1

Musobaqa reglamentiga ko'ra,  yosh futbolchilar penaltilar tepish seriyasida o'z omadlarini sinovdan o'tkazishdi.

Unda hal qiluvchi zarbalarni berishda raqiblariga nisbatan ancha aniqroq harakat qilgan samarqandlik yosh futbolchilar g'alabani tantana qilishdi. Hisob 2:1, umumiy natija esa 3:2.

Ikkinchi yarim final juftligida  SHerzod Yakubov ustozligidagi Farg'ona viloyati Beshariq tumaning “BO'SM” yoshlar jamoasi  navoiyi viloyatining “BO'SM-2” jamoasiga qarshi kurash olib borishdi

Bu uchrashuvning  asosiy vaqtida ham  g'olib nomi aniqlanmadi. Hisob - 1:1 ko'rinishini oldi.

Uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida vodiylik  yosh charm to'p ustalari aniqroq harakat qilishdi - 3:2. Umumiy natija - 4:3.



Bugun 10 noyabr kuni Eshmurod CHorshanbiev xotira turnirida dastlab  3- o'rin uchun kechadigan bahsda  Denovlik yosh futbolchilar  Navoiylik tengdoshlariga bilan o'zora bahs olib borishadi.

Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida esa “Samarqand-BO'SM-1” va “Beshariq-BO'SM “ jamoalari turnir g'oliblik uchun maydonga tushishadi. Uchrashuvlar G'uzordagi “G'uzor bolalar sportmajmuasi” futbol  maydonlarida  boshlanadi

Yarim final bahslaridan  olingan eng sara foto lavhalarni tomosha qiling.

Fahriddin CHoriev


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика