Grizmann: “Maqsadim – barcha sovrinlarni yutish”
14 iyu 2019 07:35
Yangiliklar
Grizmann: “Maqsadim – barcha sovrinlarni yutish”
“Barselona”ning yangi xaridi Antuan Grizmann yangi mavsum haqidagi maqsadlari haqida gapirdi.
“Men baxtliman. Jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkazishga tayyorman. Bu erga kelishdan oldin oldimga ulkan maqsadlarni qo'yganman. O'ylashimcha, barcha orzu istaklarimga erishish uchun yaxshi tomonlarimni ko'rsata olaman. Maqsadim barcha sovrinlarni yutish: Ispaniya kubogi, chempionat va CHempionlar ligasi.
Men do'stlarim Umititi va Dembele bilan gaplashdim va ular bilan birga g'alabali onlarni birga nishonlamoqchiman”, deydi futbolchi.
Ikki kun ilgari Grizmann rasman “Barselona” futbolchisiga aylandi va klub bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi.
Ilgariroq xabar berilganidek, Grizmann besh yillik faoliyati davomida klubda 105 million evro ishlab topadi. Futbolchining tovon puli 800 million evro etib belgilangan.
Fikrlar