So’nggi yangiliklar

19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  3 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  2 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  37 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1

Grigoriy Kolosovskiy: "Superliga jamoasini mag'lub etishga qodirmiz" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Superliga jamoasini mag'lub etishga qodirmiz"

"Buxoro" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 2-tur uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

Qiziqarli o'yin bo'ldi, muxlislar mazza qilishdi. Bu "Buxoro"ning Kubokdagi birinchi uch ochkosi. Superliga jamoasini mag'lub etishga qodirmiz. Biroq vaziyat yartib, undan foydalana olmayapmiz. Birinchi bo'limda o'yin taqdirini hal qilishimiz kerak edi. Maydon sifati juda yomon. Men chimni nazarda tutyapman. Bizning va sizning futbolchilar oyog'ini qayirib olishdi. Qanday qilib bunday maydonda o'ynashga ruxsat berishyapti?

Bugun omad "Buxoro" tomonda bo'ldi. Hakamlar ham siz tomonga yon bosgandek bo'ldi. To'p jarima maydonchasi ichida qo'lga tegdi, raqib futbolchisi butsasini tag qismi bilan chiqib keldi. Hakam kerakli reakciyani ko'rsatmadi. "Buxoro" klubi muxlislarini tabriklayman.

- "Lokomotiv"ning O'zbekiston Kubogidagi maqsadi qanday?

- Dastlab, guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- Proliga va Superliga jamoalar o'rtasidagi farq qandayligini aytib bera olasizmi?

- Siz bunday farqni ko'rdingizmi? Biz sovrinlar uchun kurashadigan Superliga klubiga munosib qarshilik ko'rsatdik. Ammo vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. To'g'ri, Superligada tezroq o'ynashadi va kurash ko'proq. Proligada esa jamoalar yosh yigitlardan tarkib topgan. Mahorat kamlik qildi degan bo'lardim.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика