So’nggi yangiliklar

20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  1 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   1 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  2 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  5 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  4 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  2 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  6 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   26 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0

Grigoriy Kolosovskiy: "Raqib g'alaba uchun o'ynadi. Biz esa g'alabani istadik" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Raqib g'alaba uchun o'ynadi. Biz esa g'alabani istadik"

Pro-liganing 9-turi doirasida "Olimpik-Mobiuz"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.

- Qiziqarli o'yinning guvohiga aylandik. Harakatlar, hissiyotlar ko'p bo'ldi. Birinchi bo'limning o'zida o'zimizga qulay hisob bilan oldinda borib, o'yinni tugatib qo'yishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda 3ta yaqqol vaziyatga ega bo'ldik, lekin ulardan foydalana olmadik. Shulardan gol urib, barchasini tugatib qo'yishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda biroz ortda o'ynadik va raqibga imkoniyat berdik. Raqib golida ular fol ishlatishgandi, biroq hakam hushtak chalmadi. Yigitlar esa to'xtab qolishdi va oxirigacha o'ynashmadi. Shu orqali hisob tenglashdi. Keyin yigitlarim harakat qilishdi, vaziyatlar yaratishdi va g'alabaga intilishdi. Chunki biz duranglar chuqurligiga tushib qolgandik, nihoyat g'alaba golini urdik. G'alabaga harakat qildik va bunga erishdik.

- Bugungi o'yin qanchalik qiyin o'tdi?

- Raqib futbolchilari yosh, ular ko'p yugurishadi, 90 daqiqa harakatlana olishadi. Bizda esa bir qancha futbolchilarimiz jarohatlangani bois muammolarga uchragandik. Ayrim futbolchilar o'tgan o'yinda ham ishtirok etishgandi. O'tgan haftadagi mashg'ulotlar jarayonida Ibrohim Yo'ldoshev, Akaki Shulaya, Levan Arveladze ishtirok etishmayotgandi. Ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirish uchun harakat qildik. Raqib to'p bilan bo'lgan bo'lsa-da, biz g'alaba uchun harakat qildik. Biz to'pga uchun juda tartibli o'ynadik. G'alabaga erishdik, biroq barchasini birinchi bo'limning o'zida hal qilishni istagan bo'lardim.

- O'tgan turda Siz sariq kartochka olgandingiz, bugun darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov ogohlantirildi.

- Bularning barchasi hissiyotlarga bog'liq. Hakamlarning qarorlari barcha uchun bir xil bo'lishi kerak. Raqib futbolchi bizning futbolchining libosidan tortib qolsa, hakam o'ynashga qo'yib beryapti. Gol o'tkazib yuborgan vaqtimizda raqiblar bizning futbolchi oyog'iga tepyapti, lekin yana hakam o'yinga qo'yib berdi. Raqib tomonga kichik kontakt bo'lsa, hushtakni chalyapti. Jasur Hakimov sariq olgan vaziyatda u raqib darvozaboni yaqiniga ham bormadi, ha u hushtakdan keyin to'pni tepgandir. Lekin u erda nega hushtak chalindi? Darvozabonga hujum ham bo'lmagandi. U vaziyatni diqqatlik bilan ko'rsin. Ha, VAR yo'qligi chatoq. Lekin o'yin juda qiziq o'tdi. Raqib ham g'alaba uchun o'ynadi. Biz esa g'alabani istadik. 

- "Lokomotiv"ni oldinda Qoraqalpog'istonda "Aral"ga qarshi o'yin kutmoqda. O'yin yana o'sha "Jayxun"ga qarshi o'yin o'tgan stadionda bo'ladi.

- Oldinda bizni oddiy bo'lmagan safar o'yini kutmoqda. U maydonda to'pning sakrashi ham, yurishi ham boshqacha. Shu sababli u maydonda barchaga qiyin. O'shanda "Jayxun"ga qarshi juda yomon o'yin ko'rsatdik. Bu o'yindan hulosa olgan holda biz kerakli tuzatishlarni olib boramiz va "Aral"ga ham, maydonga ham, jazirama issiqqa ham tayyor bo'lamiz. U erga 3 ochko uchun boramiz va kurashishga tayyor bo'lamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика