So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Grigoriy Kolosovskiy: "Biz juda yomon o'ynadik. Raqiblar g'alabaga yaqin edi" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Biz juda yomon o'ynadik. Raqiblar g'alabaga yaqin edi"

Pro-liganing 8-turi doirasida "Jayxun" maydonidagi durangdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.

- Biz juda yomon o'ynadik. Bunday maydonda albatta, mezbon jamoaning ustunligi bo'ladi. Suniy maydondagi to'p sakrashi boshqacharoq bo'ladi. Raqiblar katta kuch bilan o'ynashdi, biz esa yana raqibga to'g'ri baho bera olmadik. Mana natija. "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyin biz chuqurlikka tushib qoldik. Ketma-ket ikkinchi o'yinda g'alaba qozona olmayapmiz. Shuningdek, hakamlik ham bu erda alohida mavzu. Tanaffusdan keyin hakam tarkibni tenglashtirib qo'ydi. Bu vaziyatda sariq ko'rsatmasa ham bo'lardi. Raqiblar esa bizning futbolchilarni qo'li bilan to'xtatib qolaverdi, bunga kartochka berilmadi, bazida xushtak chalinmadi. G'alati hakamlik. Menga nima sababdan sariq kartochka berdi, tushunmadim. Maydonga tushib ketdim, buning barchasi hissiyotlar bilan bog'liq.

- Birinchi davrada 4:0 hisobida mag'lub qilingan, bugun esa durang qayd etgan raqibingiz "Jayxun"ga qanday baho bera olasiz?

- Raqiblarning muxlislari ham o'yinga yaxshi tayyorlanibdi. Jamoa juda yosh, to'p bilan o'ynashni yaxshi ko'radi. Ularga pressing uyushtirishga harakat qildik. Biroq qaerdadir bu o'xshadi, qaerdadir yo'q. Ular bugun g'alabaga yaqinroq edilar. Ikki marta darvoza ustun va to'sinini poylashdi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Shunchaki o'z vaziyatlarimizni urishimiz kerak. O'tkazib yuborilgan golda himoyachilarimiz juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Menimcha buning barchasi maydonning holati bilan bog'liq. Bunday holatdagi maydonda to'pni olib yurish juda qiyin.

- Bugungi o'yindagi harorat haqida fikringiz.

- Ha, ob-havo kabi o'yin ham yondi. Futbolchilar jang qilishdi. Gap yo'q. Raqiblarga tan berish kerak.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика