So’nggi yangiliklar

21:00Миллатлар лигаси. Тўртта ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  8 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  6 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  11 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  11 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  5 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  2 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  2 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  2

Grem Arnold: "O'zbekiston – ushbu musobaqadagi eng kuchli raqibimiz" Yangiliklar

Grem Arnold: "O'zbekiston – ushbu musobaqadagi eng kuchli raqibimiz"

Osiyo kubogi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold va futbolchi Xarri Soutar matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Janob murabbiy, ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...

- Ertaga yaxshi uchrashuv bo'ladi. Musobaqani ajoyib boshladik. Ikkita uchrashuv va gol o'tkazmadik.



"Murabbiyning gaplariga qo'shilaman. Gol o'tkazmaslikda davom etishga harakat qilamiz", – dedi futbolchi Xarri Soutar.


- Mitchell Dyukning holati haqida malumot bersangiz... O'zbekiston terma jamoasi bilan 2019 yilda ham to'qnash kelgan edingiz. 2019 yilgi Kuper jamoasi va hozirgi Katanec jamoasida qanday farq bor deb o'ylaysiz?

- Mitchell Dyuk jarohatlangan. Biz 2019 yilda O'zbekiston terma jamoasi bilan duch kelganmiz. Biz o'shanda penaltilar seriyada raqibni mag'lub etgandik. Ammo oradan ancha vaqt o'tdi va jamoalar ancha o'zgarib ketdi.



- Darvozamizdan gol o'tkazmadik, deb takidlab o'tdingiz. Sizning futboldagi falsafangiz himoyaviy o'yinmi? Ushbu reja bilan qanchalik uzoqqa bora olamiz deb o'ylaysiz?

- CHempionlik. Mening falsafam – hujumkor futbol. Men himoyaviy o'ynaymiz demayman. Sababi birinchi navbatda biz tartibli o'yin namoyish etishimiz kerak. Biz to'p bilan ko'p muomala qilamiz. Statistika buning isboti.

- O'zbekiston terma jamoasi oldingi raqiblardan ko'ra kuchliroq. O'zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoangiz qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin?

- Ha, O'zbekiston kuchliroq raqib. O'zbekistonda futbolga katta investiciya qilinmoqda. O'zbekiston U-20 terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi JCHda ishtirok etdi. U-23 terma jamoasi ham juda kuchli. O'zbekiston davlati futbolni rivojlantirib bormoqda. Men esa faqat o'z jamoam haqida o'ylayman. Umumiy qilib aytsak, butun Osiyoda futbol to'xtovsiz rivojlanib bormoqda.

- Avstraliya terma jamoasi himoyaviy futbol tarafdori. O'zbekistonga ham ikkinchi raqam bo'lib o'ynash qulay. Ertangi o'yin biroz zerikarli bo'lishini taxmin qilyapman. Sizning fikringiz qanday?

- Biz himoyaviy o'ynaydigan jamoa emasmiz. Biz ikki oy oldin Bangladeshga qarshi o'ynadik va 7:0 hisobida g'alaba qozondik. Bu himoyaviy futbol emas, do'stim. Statistikaga qarang, biz raqib jarima maydonchasi ichida eng ko'p pas o'ynagan jamoamiz. Fikringizga mutlaqo qo'shilmayman.

- Xarri Soutar, o'zbekistonlik qaysi futbolchining o'yinini tahlil qilib chiqdingiz? Bizda texnik jihatdan juda kuchli futbolchilar bor...

- Ha, O'zbekistonlik hujumchilar ancha kuchli. Biroq men o'z ishimni qilishdi davom etaman va hech qaysi o'yinchini shaxsan tahlil qilganim yo'q.

- Jamoangiz keyingi bosqichga chiqib ulgurdi. Ertangi uchrashuvda tarkibda katta o'zgarishlar qilasizmi?

- Men ushbu lavozimga birinchi marotaba kelganimdan beri tarkib ancha o'zgarib ketdi. SHubhasiz, o'zgarishlar bo'ladi, ammo tez emas. Keyingi Jahon chempionatida balki ishlarman, balki yo'q. Biroq avlodlar almashinuvi bu tabiiy hol.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика