So’nggi yangiliklar

00:30Суперлига. "Динамо" – "Андижон" 2:0  0 00:25U-17 Жаҳон чемпионати. Хорватия - Ўзбекистон 1:1 (пенальтилар 3:4)  1 00:20Хорватия U-17 бош мураббийи: "Пенальти лоторея эмас. Ўсмирларни йиғлаб турган ҳолатда кўриш оғир"  4 23:42Ўртоқлик ўйинлари. Бразилия Сенегални, Чили эса Россияни мағлуб этди  0 22:57U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди  259 22:37"Барселона", "Бавария" ва "Манчестер Юнайтед" Влахович атрофидаги вазиятни кузатиб бормоқда  2 21:28ЖЧ саралаши. Қозоғистон ўз уйида Бельгия билан дуранг ўйнади  16 21:21Ўзбекистон МТЖ. Алижонов бугунги машғулотда иштирок этмади  5 21:06U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/8 финалга чиқса асосий ҳимоячимиз майдонга туша олмайди  8 20:50Максим Шацких: "Ҳаммасига ўзим айбдорман"  12 20:47Вадим Абрамов: "Чемпионат тугашига иккита тур қолганида масъулиятни тўлиқ ҳис қилиб турибмиз"  6 20:30Хорватия - юлдузлар фабрикаси. Бу жамоани 12 йил олдин мағлуб этганмиз  2 19:49"Пахтакор" — "Насаф". Терма жамоадаги ўйинчилар баҳсга бир кун қолганда келишади  9 19:26U-17 ЖЧ. Хорватия — Ўзбекистон ўйини учун ҳамюртларимиз таркиби маълум, Сарсенбаев асосий таркибда  11 17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  34

Grem Arnold: "O'zbekiston oxirgi ikki to'qnashuvimizga qaraganda ancha o'sishga erishibdi" Yangiliklar

Grem Arnold: "O'zbekiston oxirgi ikki to'qnashuvimizga qaraganda ancha o'sishga erishibdi"

Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan Avstraliya va O'zbekiston (1:1) terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin avstraliyaliklar bosh murabbiyi Grem Arnold matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqidagi fikringiz?

- Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Yigitlarimiz yomon o'ynashmadi. Birinchi o'rin bilan guruhni yakunladik, eng muhimi shu edi. Endi keyingi bosqich haqida o'ylashni boshlaymiz.

- Avstraliyaning uchta o'yindagi harakatlarini qanday baholaysiz?

- Yaxshi o'yin o'tkazdik. Ko'pchilik o'yinimizni tushunmay har xil gaplar aytmoqda. Tanqid qilayotganlar faqatgina to'rtta o'yinchimizda Osiyo kubogida tajribasi borligini bilishmaydi. Qatardagi Jahon chempionatidan so'ng tarkibimizga 12 nafar yangi o'yinchi qo'shildi. Bu katta raqam. Biz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak.

- Nimchorak finaldagi o'yin haqida nimalar deya olasiz?

- Har bir o'yinga jiddiy yondashamiz. Bitta o'yinda barchasi hal bo'ladi. Hozirgi paytda raqiblarimiz aniq emas. Bizda uch xil variant bor, biz uchala guruhni ham kuzatib boryapmiz.

- Avstraliya bugun ham raqib darvozasiga faqat bitta aniq zarba yo'lladi. SHu haqida nima deya olasiz?

- Ha, shunday bo'ldi. Biroq bugun yaxshi kombinaciyalar amalga oshirdik. Hujumlar qildik, ammo vaziyatni yakunlaydigan o'yinchi etishmadi. Osiyo kubogidagi barcha o'yinlarimizda oxirgi nuqtani qo'yadigan futbolchi kamlik qilmoqda. Vaziyatlardan foydalanish futbolchining individual mahoratiga bog'liq.

- O'zbekiston haqida nimalar deya olasiz?

- O'zbekiston kuchli terma jamoa ekanligi malum edi. Bundan oldin ularning AQSH va Meksika bilan o'yinlarini ko'rgandim. O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempioni bo'ldi. O'zbekiston futbolga katta investiciya kiritmoqda. Raqibning bugungi tarkibiga ahamiyat bersak, ularning ko'pchiligi mahalliy chempionatda o'ynashlarini ko'rish mumkin. Bizda esa faqatgina to'rtta futbolchi mahalliy chempionatda to'p tepadi.

- Avstraliya bugun turnirdagi birinchi golni o'tkazib yubordi. O'zbekiston terma jamoasi bu golni urishga loyiq o'yin ko'rsatdimi?

- Bugun ikkala jamoada ham biroz charchoq bor edi. O'zbekistonning o'yini maqtovga loyiq. Ular oxirgi ikki to'qnashuvimizga qaraganda ancha o'sishga erishishgani bugun sezildi . O'zbekiston kelajakda Osiyo kubogida katta natijalar qayd etishiga ishonaman. Ularga o'yin uchun rahmat aytaman.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика