Gattuzo Verrattini Italiya terma jamoasiga qaytarmoqchi
26 jan 11:29
Yangiliklar
Gattuzo Verrattini Italiya terma jamoasiga qaytarmoqchi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Janluiji Buffon bilan birgalikda PSJ sobiq yarim himoyachisi Marko Verratti bilan uning milliy jamoaga qaytishi masalasini muhokama qildi.
Gap mart oyida bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etish haqida ketmoqda.
"La Gazzetta dello Sport" malumotlariga ko'ra, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Gattuzo italiyaliklar tarkibida Verratti yoki Jorjino darajasidagi tayanch yarim himoyachisi etishmayotganini hisoblab, PSJning sobiq yulduzini jamoaga qaytarishga qatiy qaror qilgan.

Qayd etilishicha, 33 yoshli Verratti hozirda Qatarning "Al Duhayl" jamoasida o'ynamoqda. U bu yozda "Al Arabi"dan ushbu jamoaga ko'chib o'tgan.
Avvalroq yarim himoyachi Liga 1'da 11 yil davomida PSJ safida o'ynagan va 2023 yildan beri Italiya terma jamoasiga chaqirilmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar