Garet Beyl 2020/21 yilgi mavsumni "Tottenxem"da o'tkazadi. U ertaga Londonga uchib ketadi
17 sen 2020 15:21
Yangiliklar
Garet Beyl 2020/21 yilgi mavsumni "Tottenxem"da o'tkazadi. U ertaga Londonga uchib ketadi
"Real" va "Tottenxem" yarim himoyachi Garet Beylning ijarasi borasida kelishuvga erishdi.
Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish va "shporlar" bilan shartnoma imzolash uchun ertaga, yani 18 sentyabr kuni Londonga uchib ketadi.
31 yoshli uelslik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumni "Tottenxem"da o'tkazadi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
Garet 2007-2013 yillar davomida "Tottenxem"da o'ynagan. Futbolchi shundan so'ng 101 million evro evaziga "Real"ga o'tgandi.
Fikrlar