G'alabani "o'zgacha" nishonlagan va jazolangan Martines: "Bu haqoratli harakat deb o'ylamagandim"
30 sen 2024 23:57
Yangiliklar
G'alabani "o'zgacha" nishonlagan va jazolangan Martines: "Bu haqoratli harakat deb o'ylamagandim"
Emiliano Martines Argentina terma jamoasi o'yinlaridan chetlatilgani uchun kechirim so'radi.
Oldinroq, Argentina terma jamoasi darvozboni Kolumbiyaga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng kameraga zarba bergani uchun JCH-2026 saralashning ikkita o'yiniga chetlatilishi elon qilingan edi.
Bundan tashqari, bu jazoga argentinalik posbon Kopa Amerika bosh sovrinini "o'zgacha" uslubda ushlab, nishonlagani sabab bo'lgan.
"FIFAning jazosini qabul qilaman va bu harakatim bilan kimnidir xafa qilgan bo'lsam kechirim so'rayman. Bu haqoratli harakat deb o'ylamagandim, ularning yuzida tabassumni ko'rishni xohlagandim.
Endi bor etiborimni Argentina terma jamoasi va "Aston Villa"da sovrin yutishga qarataman" - dedi posbon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar