"Inter" darvozaboni 81 yoshli nafaqaxo'rning hayotiga zomin bo'ldi
28 okt 23:28
Yangiliklar
"Inter" darvozaboni 81 yoshli nafaqaxo'rning hayotiga zomin bo'ldi
Posbon Xosep Martines elektr nogironlar aravachasida o'tirgan 81 yoshli erkakni mashinasida urib yuborgan.
Hodisa 28 oktyabr kuni ertalab ro'y bergan.
Manbaga ko'ra, zarba kuchli bo'lgan va qutqaruvchilarning darhol aralashuviga qaramay, keksa odamni qutqarib qolishning iloji topilmagan. U voqea joyida vafot etgan.
Motam belgisi sifatida Milan klubi bosh murabbiy Kristian Kivuning matbuot anjumanini bekor qildi. Futbolchining o'zi shok holatida ekani aytilmoqda.

Martines 2024 yilning yozidan beri "Inter"da o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida 27 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarda 12 o'yinda maydonga tushib, 7 o'yinda darvozasini daxlsiz saqlagan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar