So’nggi yangiliklar

15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  2 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  2 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  2 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  5

Futzal. U-20 Osiyo chempionati saralashidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

Futzal. U-20 Osiyo chempionati saralashidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Joriy yilning 1-4 dekabr kunlari Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati U-20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralash bahslari bo'lib o'tadi.

Matbuot anjumanining birinchi qismida "A" guruhi murabbiylari Abdulrazzoq Momrak (Afg'oniston), Guvanch Kanaev (Turkmaniston) va Hamid SHandiziy Muqaddam (Eron) ishtirok etishdi.

"Barchaga alangali salom. Markaziy Osiyo jamoalari bu erda yig'ilganidan xursandman. O'zbekistonga mehmondo'stlik uchun rahmat. Bu erga kelishdan oldin Tojikistonning Xo'jand shahrida yig'in o'tkazib ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Osiyo chempionati saralashiga tayyormiz", - deydi Afg'oniston bosh murabbiyi.

"Bu musobaqaga barcha jamoa o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsatishga urinadi. Biz bu erga kelishdan oldin Argentinadagi yoshlar o'rtasidagi Olimpiada bahslarida ishtirok etib qaytdik. Guruhdagi raqiblarimiz anchagina yaxshi salohiyatga ega jamoalar. Afg'oniston shakllangan jamoa. Turkmaniston esa shakllanayotgan jamoa hisoblanadi", - deydi Eron bosh murabbiyi.

"O'zbekistonda bizni ajoyib tarzda kutib olishdi. Saralash bahslariga yaxshi yigitlarni yig'dik. Kuchli guruhda o'ynaymiz, yaxshi o'yin ko'rsatishga urinamiz", - deydi Turkmaniston bosh murabbiyi.

- Katta Eron terma jamoasi odatga Osiyo chempionatida ishtirok etayotganda Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'radi. Sizlarning maqsadingiz qanday?
Eron bosh murabbiyi: - To'g'ri Eron milliy terma jamoasi Jahonda kuchli hisoblanadi. Bizning bu saralashda o'z maqsadlarimiz bor. Osiyo chempionatiga yo'llanma olish bilan birga katta Eron terma jamoasiga yangi futzalchilarni etkazib berish.

- Toshkentga kelishdan avval Tojikiston bilan ikkita o'yin o'tkazib, ikkalasida ham g'alaba qozondingiz. Guruhdan chiqish uchun imkoniyatlarni ko'p deyish mumkinmi?
Afg'oniston bosh murabbiyi: - Eron o'tgan U-20 Osiyo chempionatida chempion bo'lgan qudratli jamoa hisoblanadi. Ammo biz ham Afg'onistonda futzal rivojlanayotganini ko'rsatishga urinamiz.

- Siz olib kelgan jamoa qanday yig'ildi? Yoshlar uchun alohida chempionat bormi?
Turkmaniston bosh murabbiyi: - Yo'q. Bizda yoshlar uchun alohida chempionat yo'q. Biz musobaqa o'tkazdik va o'zini ko'rsatgan yoshlarni terma jamoaga to'pladik.



Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "B" guruhi ustozlari Bahodir Ahmedov (O'zbekiston), Mustafo Afshori (Tojikiston) va Nurjan Jetibaev (Qirg'iziston) qatnashishdi.

"O'zbekistonda shunday musobaqa bo'lib o'tayotganidan xursandmiz. Barcha jamoalarga omad tilaymiz. Har bir jamoaga o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishishiga tilakdoshman", - deydi Bahodir Ahmedov.

"Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ushbu saralash bahslarida ishtirok etayotganimizdan xursandman. Tojikiston futzalini ko'rsatishga urinamiz. Osiyo chempionati final bosqichiga chiqishga harakat qilamiz", - deydi Tojikiston bosh murabbiyi.

"Bu erga katta tayyorgarlik bilan keldik. Barcha jamoalarga omad tilaymiz", - deydi Qirg'iziston bosh murabbiyi.

- Oldingi Osiyo chempionatidan oldin ispaniyalik Xose Mariya Mendes bu yoshdagi jamoa Respublika bo'yicha uchun alohida yig'in o'tkazib mahoratli futzalchilarni yig'ib olgandi. Bu safar qanday bo'ldi?
- Toshkentda yoshlar musobaqa bo'lib o'tdi. Mana shu musobaqada yaxshi o'ynagan yigitlarni terma jamoaga jalb qildik, - deydi Bahodir Ahmedov.  

- O'z vaqtida Mendes boshchiligidagi yoshlar terma jamoasining 80 foizi oliy ligada o'ynardi. Bugungi kunda mazkur jamoaning necha foizi Superligada o'ynamoqda?
Bahodir Ahmedov: 
- 15 foiz futzalchi Superligada o'ynadi.

- Toshkentga kelishdan avval Afg'onistonga ikki o'yinda imkoniyat boy berildi? Xulosa chiqarildimi?
Tojikiston ustozi: - 
Albatta, kamchiliklarimizni ko'rib oldik. Biz uchun juda foydali o'rtoqlik o'yinlari bo'ldi.

- Sizlarda ushbu jamoani yig'ib olish qanday kechdi?
Qirg'iziston: - 
Bu yoshdagi futzalchilar o'rtasidagi chempionat yo'q. Bu yigitlarni Superligadan terib oldik. Terma jamoa asosini ikki klub tashkil etadi.

- Bu jamoada sizga kimlar yordam bermoqda?
Bahodir Ahmedov: - 
Menga Nodir Eliboev va Rustam Umarov yordam berishmoqda.

- Qirg'iziston Superligasida bir nafar yosh futzalchi o'ynashi majburiy qilib qo'yildi. Bu yangilik qanchalik yordam beradi?
Qirg'iziston murabbiyi: - 
Bu yangilik albatta yaxshi. Sababi yosh o'yinchida o'yin amaliyoti bo'ladi.

- Sizningcha uchta yo'llanma qaysi jamoalarga nasib qiladi?
Bahodir Ahmedov: - 
Har bir jamoa istaydi. Menimcha O'zbekiston va Eron chiqsa kerak. Uchinchi jamoani bilmayman (kuladi).

Qirg'iziston murabbiyi: - Barcha jamoada imkoniyat teng. Ayni paytda olti jamoa uch yo'llanma uchun davogar.

Tojikiston murabbiyi: - Yo'llanma uchun barcha harakat qiladi. O'sha uchta yo'llanmadan biri bizga tegishiga umid qilaman.

Narzulla Saydullaev


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика