So’nggi yangiliklar

22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  5 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:23РПЛ. "Динамо" ва ЦСКА Москва дербисида тўқнаш келишмоқда (онлайн ҳисоб)  5 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  12 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4 20:52Украиналик футзалчи: "Биз бу натижани ўз-ўзидан қайд этганимиз йўқ"  0 20:20АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар якунланди  10 20:19"Монца" — "Рома". Шомуродов захирада  6 20:03"Ал Айн" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:00Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди  1 19:51"Айнтрахт" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 19:41"Брайтон" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  2 19:27Бразилия — Аргентина. Футзал бўйича ЖЧ финали учун таркиблар маълум  0 19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0

Futzal. O'zbekiston Braziliyaga qarshi ilk o'rtoqlik o'yinida ettita gol farqi bilan yutqazdi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston Braziliyaga qarshi ilk o'rtoqlik o'yinida ettita gol farqi bilan yutqazdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston va Braziliya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston — Braziliya 2:9

Gollar: Artur Gilerme (8), Abbos Elmurodov (12), Marsel Markes (14), Leandro Lino (16), Diego Suffo (17), Husniddin Nishonov (20), Marsel Markes (20), Marsel Markes (32), Marsel Markes (33), Joau Viktor (36), Leandro Lino (40)

O'zbekiston: 12. Abbos Elmurodov, 4. Ixtiyor Ropiev, 5. Fazliddin Botirov, 6. Ilhom Hamroev, 11. Abror Ahmedzyanov.

Zaxira: 1. Sunnat Anvarov, 2. Muzaffar Ahadjonov, 3. Mashrab Odilov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Husniddin Nishonov, 9. Elbek To'lqinov, 10. Akbar Usmonov, 13. Mehroj Xudoyberdiev, 14. Samariddin Berkinov.

Braziliya: 3. Villian Felipe Dorn, 4. Marlon Oliveyra Araujo, 6. Marsel de Mendonka Markes, 7. Diego Enrike Suffo, 10. Jan-Per Gizel Kosta.

Zaxira: 1. Tyago Mendes Rocha, 2. Ronkalo Diego, 5. Joau Viktor Alves Sena, 8. Marsenio Ribeyru da Silva, 9. Leandro Lino Dos Santos, 11. Karlos Vagner Gularte Filo, 12. Artur Gilerme De Souza Fortunato, 13. Rafael Dos Santos, 14. Felipe Valerio Paschoal.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

40. Gol! Leandro Lino hisobni yanada yiriklashtirdi.

40. Xavfli vaziyat! Braziliyaliklar bo'sh qolgan raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi.

38. Zarba! Mezbonlarning urinishi bartaraf etildi, burchak zarbasi.

Taym-aut.

36. Sariq kartochka. Mehroj Xudoyberdiev va Felipe Valerio ogohlantirildi.

36. GOL! Joau Viktor maydon markazida bir raqibini aldab o'tib, chap oyoqda raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

34. Elbek To'lqinovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

34. Zarba! Nishonovning posboni bilan birga-bir vaziyatda yo'llagan zarbasini Villian Felipe oyoqlari bilan qaytardi.

33. GOL! Marsel Markes supergol evaziga "poker" qayd etdi.

Taym-aut.


32. GOL! Marsel Markes kombinacion hujumni maromiga etkazib qo'ydi.

31. Zarba! Mezbonlar tomonidan yo'llangan zarba noaniq chiqdi.

30. Zarba! Jarimadan yo'llangan zarbani Elmurodov qaytardi.

28. Zarba! O'zbekistonlik futzalchining raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasini yaqin masofada turgan Villian Felipe qaytardi.

27. Leandro Lino bir nechta raqibidan o'tib ketish chog'ida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

26. Fol. Braziliya zarariga.

24. Zarba! Hamroevning zarbasi xavfli ko'rinish oldi, ammo noaniq.

23. Zarba! Gizel Kosta bir nechta raqib futzalchilari orasidan yorib o'tgan holda noaniq zarba yo'lladi.

22. Zarba! Gizel Kosta raqib posboni bilan birga-bir vaziyatni to'pni o'ziga o'nglay olmadi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Taym yakunlandi.

20. Sariq kartochka. Diego Enrike Suffo ogohlantirildi.

20. GOL!  Marsel Markes keyingi hujumda yana hisobdagi farqni oshirdi.

20. GOOOOOLLL!!! Raqib futbolchisidan to'pni olib qo'ygan Husniddin Nishonov chiroyli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi!


19. Fol. O'zbekiston zarariga.

19. Zarba! Mehmonlar tomonidan yo'llangan zarbani Elmurodov qaytardi.

Taym-aut.

17. GOL! Diego Enrike Suffo kuchli zarba bilan darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi.

17. Zarba! Leandro Linoning zarbasini Elmurodov qaytardi.

16. Zarba! Nishonovning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

16. Fol. Braziliya zarariga.

16. GOL! Leandro Lino raqibning oldinga chiqib ketganligidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi.

15. Zarba! Braziliyaliklarning bo'sh qolgan darvoza tomon tepgan to'pini Ropiev qaytardi.

15. Zarba! Elmurodovning zarbasini Felipe Dorn qaytardi.

15. Zarba! Nishonovning o'ng qanotdan pastki burchakka yo'llangan zarbasini Felipe Dorn qaytardi.

14. GOL! Marsel Markes o'ng qanotda bir raqibni aldab o'tib, darvozani ishg'ol qildi.

Taym-ayt.

13. Zarba! Diego Enrikening zarbasini Elmurodov qaytardi.

13. Zarba! Marlon Oliveyraning zarbasi noaniq chiqdi.

12. GOOOOOLLL!!! O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Abbos Elmurodov uzoq masofadan aniq zarba yo'llab, hisobni tenglashtirdi!


11. Zarba! Ropievning urinishi xavfli chiqdi, ammo to'p darvozaga kirmadi.

10. Zarba! Ropievning xavfli zarbasini Villian Felipe qaytardi.

10. Zarba! Felipe Valerioning zarbasi Hamroevga tegib qaytdi.

9. Zarba! Elmurodovning darvozadan darvozaga yo'llagan zarbasini raqib posboni qaytardi.

8. GOL! Artur Gilerme burchakdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan darvozaga kiritdi.


7. Zarba! Ahmedzyanovning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasini braziliyalik darvozabon qaytardi.

7. Zarba! Karlos Vagner raqib darvozaboni ustidan to'pni oshirib qo'yishga harakat qildi, noaniq.

6. Zarba! Nishonovning maydon markazidan yo'llagan zarbasi kuchli chiqdi, ammo biroz noaniq ko'rinish oldi. 

6. Zarba! Abror Ahmedzyanovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

6. Zarba! Marsenioning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

5. Zarba! Suffoning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

5. Fol. O'zbekiston zarariga.

4. Ahadjonovning raqibning xavfli huujumini bartaraf etdi.

2. Zarba! Marselning chap oyoqda yo'llagan zarbasi himoyachi o'zbekistonlik himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

1. Zarba! Mehmonlarning markazdan yo'llagan xavfli zarbasini Elmurodov qaytardi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O'zbekiston futzalchilari ko'k, Braziliya o'yinchilari sariq-oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Uchrashuv "Foreign languages" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

   
10 sen 10:52:42
Dilmurod Umarov
Terma jamoamizga kelasi o'yinlarda omad
   
07 sen 11:41:21
safo78
Диккат булманглар Бразилия 50% кучини сарфлади холос.
Булар билан бизни даражамиз ораси хали анча бор.
Шунинг учун бунга бугилмаймиз
   
06 sen 23:27:50
BXZ BXZ
Ula1984 foydalanuvchining fikriga javob berish
Бизда хам Бразилия дан кура Кам булмаган талантлар бор. Лекин уларни хеч ким куришни истамайди. Тизимда порахурлик авж олиб ётибти. Яна Бир нарса Уша талантларни ота-онасини имкониятлари йук , шароити кутара олмайди. Ойлик узи 3 миллион булса
Агар ростан хам талант бу́лса катта футболдами ёки футзалдами айтинг курук гап гапирманг . Бир марта роса мактаниб олиб келишди 16- ёш болани Миржалол билан Лушанни(14-ёшлиларга мураббий эди Бунёдкорда) олдига обордик 14- ёшли болларга ку́шиб юборсак оёгига копток турмади боллар бир деганда олиб ку́йишвотти . Агар ростан зу́р талант бор бу́лса хохлаган мураббийга олиб боринг олади негаки талант бола результат беради .Сиз бу гапиздан тушиндимки футболдан узоксиз факат мухлиссиз лекин ички мухитда эмассиз .
   
06 sen 22:12:46
Azamat Turgunov
Yana negativla. Guruxda Braziliya yo ne duxilani berasla ishonmasela nax korasla. Braziliya Ispaniya Portugaliya Argentina umuman boshqa darajaligini futzal korib yurgan odam biladi
   
06 sen 21:50:53
Азим Исмаилов
Ман 6 ой олдин айтгандим бразилиядан 2 та хужумчи олайлик деб
   
06 sen 21:46:21
Mamadiyorov Mahmud
Шарманда бўлди, кеча испанлар тожикларни 9-2 ютган эди бугун бизни бразилиликлар ўша ҳисобда эрмак қилди, иккинчи дарвозабонимиз зўр экан, ким топган экан бундай нодир нусхани.
   
06 sen 21:44:51
Neftci&Barca
2:8 ???!!! Эх-хееее!!! Ҳали қовун пишиғига анча бор экан!!!
   
06 sen 21:29:18
Asqarov Tursunboy
Чичиб ку́йябди бизникилар шу у́йин бу́лса гурухдан чиколмеди
   
06 sen 21:04:23
bekaka
Ёмонмас кучли ракиблар бн уйнашаверсин качондир фойдали булар
   
06 sen 19:53:19
Job Ir
ABDUVOXID foydalanuvchining fikriga javob berish
Жонли эфир бўладими?
Буни ёзса мантли трансляцияни хис ким кўрмайдида
   
06 sen 19:22:21
I love Kokand
ABDUVOXID foydalanuvchining fikriga javob berish
Жонли эфир бўладими?
Шуни ёзиб қўйса бир жойи камайиб қолади буларди
   
06 sen 19:19:56
ABDUVOXID
Жонли эфир бўладими?
-1   
07 sen 12:15:44
Ya Bolelshik
Futzalni O'zbekistonda umuman yopvorish kerak. Pul behuda sovuriladigan, sarflangan pulini oqlamaydigan va muxlislar arenadan (pul to'lab) ko'rmaydigan sport turi
-1   
07 sen 01:32:40
Farhod Ubaydullayev
Bmbda brazil bollar bor edi omiydimi? Chumo qib tashabdiku bularni . Huddi dakan bilan babaq urshganday. Prosta siyib tashamabdi betiga.
-1   
06 sen 23:28:02
MIRZAYEV O'KTAMJON
Farruh Mahmudov foydalanuvchining fikriga javob berish
Яхши от кейин чопади сабр килиб кутаверамиз
Yaxshi ot keyin chopadi? Ha albatta keyiin chopadi agar u ot bo'lsa.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика