So’nggi yangiliklar

16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  0 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  1 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  1 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  1 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  2 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  8 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  18 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  1 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  4 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  10 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  5 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  9 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0

Futzal. Oliy liganing yangi mavsumiga qura tashlash sanasi malum bo'ldi Yangiliklar

Futzal. Oliy liganing yangi mavsumiga qura tashlash sanasi malum bo'ldi

Teglar :  FutzalOliy liga
Futzal yangi mavsumi startiga sanoqli kunlar qoldi.

Avval xabar berilganidek, 30 avgust kuni “Yunusobod sport majmuasi” AGMK va “Jizzax Kenteks” o'rtasidagi Superkubok uchrashuviga mezbonlik qiladi. 

O'zPFL mavsumiy reja ishlab chiqishdan oldin futzal termasi ustozi Bahodir Ahmedov rejalari bilan qiziqqandi. Malumki, 27 sentyabr kuni Kuvaytda Osiyo chempionati start oladi. SHundan kelib chiqib, sentyabr oyida ichki chempionatning faqatgina 1 ta tur uchrashuvini o'tkazish uchun imkoniyat bor. Qolgan vaqt davomida asosiy futzalchilar terma jamoa ixtiyorida bo'ladi. 

Rejaga ko'ra, 4-9 sentyabr kunlari chempionatning ilk tur uchrashuvlari Jizzaxda bo'lib o'tadi. Mos ravishda keyingi turlar 18-23 oktyabr (Xorazm), 13-18 noyabr (Toshkent), 1-4 dekabr (Farg'ona), 22-25 dekabr (Olmaliq) ketma-ketligida o'tadi. Bunga qadar O'zPFL boshqa ehtimoliy mezbon shaharlardagi zallarni o'rganadi. Ular talabga javob bersa, 2023 yildan boshlab Qarshi, Samarqand, Buxoro shaharlari ham futzal chempionatini qabul qilishi mumkin. Bu haqda keyinroq batafsil malumot beriladi. 

Oliy liganing 2022/23 yilgi mavsumiga ertaga — 20 avgust kuni qura tashlanadi. Jarayon 11:00 dan boshlab sahifalarimiz orqali jonli efirga uzatiladi. 

Futzal chempionatining yangi mavsumida ham 12 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. Bular: “Jizzax Kenteks”, AGMK, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Metallurg”, “Maksam CHirchiq”, “Neftchi”, “Navbahor”, BMB, “Oil star”.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика