FUTSAL AWARDS – 2025: Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
27 dek 19:39
Yangiliklar
FUTSAL AWARDS – 2025: Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
Mana shu davr mobaynida futzalda yurakdan mehnat qilganlar etarlicha bo'ldi. Ana shu mehnat va fidoyilikning mantiqiy yakuni sifatida FUTSAL AWARDS – 2025 marosimi o'tkazilib, yil davomida maydonda va maydon tashqarisida o'z hissasini qo'shgan eng yaxshilar taqdirlandi.
Marosimning ilk ramziy sovrini — “Feyr pley” mukofoti “Maksam Chirchiq” jamoasiga nasib etdi. Bu mukofot nafaqat qoidalarga amal qilish, balki futzal madaniyatini asrash, raqibga hurmat va maydonda insoniylikni unutmaslikning etirofi bo'ldi.
Yilning eng katta yangiligi esa Burxoniddin Sodiqov nomi bilan bog'liq bo'ldi. “Lokomotiv” safidagi yosh futzalchi “Yil kashfiyoti” deb topildi. Uning har bir harakati, maydondagi jasorati va o'z so'zini aytishga bo'lgan intilishi futzalda yangi iqtidor etishib chiqayotganini anglatdi.
Muxlislarning qalbini larzaga solgan, zalni oyoqqa turg'izgan yilning "Eng chiroyli goli" muallifi esa Bolt (BMB) bo'ldi. Braziliyalik futzalchining zarbasi — texnik mahorati, hissiyot va improvizaciyaning betakror uyg'unligi sifatida yil xotirasida qoldi.
Yil yakunida shakllangan ramziy terma jamoa esa butun mavsum davomida barqarorlik va yuqori saviya namoyon etgan futzalchilarni jamladi:
SHavkat Ibragimov, Mashrab Odilov, Xayrullo Solihov, Muzaffar Ahadjonov va Akbar Usmonov. Bu beshlik — 2025 yil futzalining qiyofasi, maydondagi ishonch va jamoaviylik ramzi bo'ldi.
Yoshlar orasida eng yorqin nom sifatida Abdulboriy Ilyosov etirof etildi. U “Eng yaxshi yosh futzalchi” sovriniga loyiq ko'rilib, kelajakda milliy futzalning tayanchi bo'lishiga ishonch uyg'otdi.
Darvoza oldidagi xotirjamlik va ishonch esa Ulanbek Chorobek Uulu timsolida namoyon bo'ldi. “Nasaf” darvozaboni “Yilning eng yaxshi darvozaboni” sifatida taqdirlandi. Unga nominaciyalarda Abbos Elmurodov, Shavkat Ibragimov raqobat qildi.
Legionerlar orasida eng samarali va yorqin o'yin ko'rsatgan futbolchi sifatida braziliyalik Joazino (BMB) tan olindi. Uning mahorati mahalliy futzalchilar uchun ham katta maktab bo'ldi.
Murabbiylik mahorati va to'g'ri tanlovlar samarasi esa Fuzuli Xayrullaev nomi bilan bog'liq. “Oil Star” jamoasi ustozi “Eng yaxshi murabbiy” deb topilib, tizimli ish va ishonchli harakat har doim natija berishini isbotladi.
Marosimning eng yuqori nuqtasi esa “Yilning eng yaxshi futzalchisi” sovrini bo'ldi. Bu sharaf Muzaffar Ahadjonovga nasib etdi. Uning o'yini — etakchilik, masuliyat va jamoa uchun yashashning yorqin namunasi bo'ldi.
Tadbir davomida nafaqat maydon qahramonlari, balki futzal rivoji yo'lida yillar davomida xizmat qilgan futzal homilari va fidoyi xodimlar ham etibordan chetda qolmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar