So’nggi yangiliklar

14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  1 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  13 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  3 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  20 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0

Futzal. Koronavirus sabab qoldirilgan Osiyo chempionati qachon o'tkazilishi malum bo'ldi Yangiliklar

Futzal. Koronavirus sabab qoldirilgan Osiyo chempionati qachon o'tkazilishi malum bo'ldi

Xabaringiz bor, shu yilning 26 fevralidan 8 martiga qadar Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 bahslari bo'lib o'tishi lozim edi.

Afsuski, Xitoyda tarqalgan Koronavirus sabab musobaqa nomalum muddatga qoldirilgani haqida 3 fevral kuni xabar berilgandi.

Koronavirus sabab futzal bo'yicha Osiyo chempionati nomalum muddatga qoldirildi

O'zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'zining telegram kanalida musobaqa qachon o'tishi malum bo'lgani haqida yozdi. Unga ko'ra, futzal bo'yicha Osiyo chempionati 5-16 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Bundan maqsad, shu yilning 12 sentyabridan 4 oktyabriga qadar Litvada o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmalarini aniqlashtirish.

O'z navbatida futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati ham 2-13 dekabr sanalariga ko'chirildi.

"Har ikkala musobaqaning bo'lib o'tadigan sanalari rasman OFKning futzal va plyaj futboli qo'mitasi, keyin Ijroqo'm tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bular barchasi rasmiyatchilik", - deyiladi Nikimbaev kanalida.

Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida 16 terma jamoa 4 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib boradi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston MTJ "C" guruhida Bahrayn, Xitoy hamda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi.


Qitaning eng kuchli 5 jamoasi Litvada bo'lib o'tadigan to'qqizinchi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


Osiyo chempionati qoldirilgani sabab futzal bo'yicha O'zbekiston MTJ yig'inni yakunladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика