OFK klublar reytingini yangiladi. O'zbekiston kuchli o'nlikda
25 fev 12:46
Yangiliklar
OFK klublar reytingini yangiladi. O'zbekiston kuchli o'nlikda
O'zbekistonning o'rni qanday?
Yangilangan reytingda O'zbekiston 46.6 ball bilan 10-o'rinni band etgan. Etiborlisi, 9-pog'onada borayotgan Avstraliya hisobida ham aynan 46.6 ball mavjud. Vakillarimizning xalqaro maydondagi, xususan, "Neftchi" va "Paxtakor"ning turnirlaridagi ishtiroki kelgusida bu ko'rsatkichni yanada yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.
Osiyoning eng kuchli 10 ta mamlakati:
Saudiya Arabistoni — 122 ball
Yaponiya — 109 ball
Janubiy Koreya — 85.5 ball
BAA — 74.2 ball
Eron — 68.9 ball
Qatar — 64.5 ball
Tailand — 58.7 ball
Xitoy — 49.4 ball
Avstraliya — 46.6 ball
O'zbekiston — 46.6 ball
Mintaqamizdagi vaziyat:
Markaziy Osiyo davlatlari orasida O'zbekiston peshqadamlik qilmoqda. Qo'shnilarimizdan Turkmaniston 19-o'rinda (25.8 ball), Tojikiston 23-o'rinda (21.6 ball) hamda Qirg'iziston 26-o'rinda (19.3 ball) qayd etilgan.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar
Бу кунлар хам утиб кетар....