Futzal JCH. Pley-off bosqichiga chiqqan uchta terma jamoa nomi malum
17 sen 2024 22:21
Yangiliklar
Futzal JCH. Pley-off bosqichiga chiqqan uchta terma jamoa nomi malum
O'zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionati ikkinchi turiga start berildi.
Bugun Tailand futzal terma jamoasi ikkinchi turda Kubani (10:5) mag'lub qildi. Braziliya esa Xorvatiyaga umuman imkoniyat (8:1) qoldirmadi. Bu ikki terma jamoa "B" guruhida ikkinchi turdan keyin 100% lik natija qayd etib, pley-off yo'llanmasini naqd qildi.
Bundan tashqari, yaqindagina o'z yakuniga etgan O'zbekiston va Paragvay uchrashuvida paragvayliklar o'zlarining ikkinchi g'alabalarini (1:4) qo'lga kiritib, guruhdagi birinchi o'rin va pley-off yo'llanmasini naqd qilishdi.
SHu tariqa, Paragvay, Braziliya va Tailand termalari pley-off yo'llanmasini muddatidan oldin naqd qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar