Futzal bo'yicha Osiyo chempionati. O'zbekiston joy olgan guruh haqida nimalarni bilamiz?
22 sen 2022 22:10
Yangiliklar
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati. O'zbekiston joy olgan guruh haqida nimalarni bilamiz?
Ushbu musobaqada O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz "B" guruhidan joy olgan. Guruhdagi raqiblarimiz: Turkmaniston, Tojikiston va Bahrayn.
Osiyo chempionatida 16ta jamoa 4tadan 4 guruhga bo'lingan. Guruh o'yinlari yakuniga ko'ra, ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi.
Dastlab barcha guruhlarni keltirib o'tamiz:
"A" guruhi: Quvayt, Iroq, Tailand, Ummon.
"B" guruhi: O'zbekiston, Bahrayn, Tojikiston, Turkmaniston.
"C" guruhi: Eron, Livan, Xitoy Taypeyi, Indoneziya.
"D" guruhi: Yaponiya, Vetnam, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.

Guruhimizdagi o'yinlar taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:
1-tur. 27 sentyabr
Bahrayn - Tojikiston
O'zbekiston - Turkmaniston
2-tur. 29 sentyabr
Tojikiston - O'zbekiston
Turkmaniston - Bahrayn
3-tur. 1 oktyabr
Tojikiston - Turkmaniston
O'zbekiston - Bahrayn
Unutmang! Quvaytdagi musobaqa hisob bo'yicha 17-futzal Osiyo chempionati hisoblanadi.
Terma jamoalar haqida malumot:
O'ZBEKISTON futzal terma jamoasi
Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 15
Eng yaxshi natijasi: Finalchi (4 marta - 2001, 2006, 2010, 2016)
Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov
BAHRAYN futzal terma jamoasi
Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 2
Eng yaxshi natijasi: CHorak final (1 marta - 2018)
Bosh murabbiy: Marselino Aparesido da Silva
TOJIKISTON futzal terma jamoasi
Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 10
Eng yaxshi natijasi: CHorak final (1 marta - 2007)
Bosh murabbiy: Payrav Vohidov
TURKMANISTON futzal terma jamoasi
Osiyo chempionatlaridagi ishtiroki: 6
Eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi
Bosh murabbiy: Guvanch Kanaev
Bilasizmi? Turkmaniston 10 yillik tanaffusdan so'ng futzal bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
P.S. O'zbekiston futzal terma jamoasidan bu musobaqada qanday natija kutyapsiz? O'z fikringizni izohlarda qoldiring.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar