So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  15 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  24 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  12 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  9 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  248

Futzal bo'yicha JCH. Qozog'iston deyarli 10 ming muxlis qo'llab-quvvatlagan bahsda Argentinadan engildi va yarim finaldan quruq qoldi Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH. Qozog'iston deyarli 10 ming muxlis qo'llab-quvvatlagan bahsda Argentinadan engildi va yarim finaldan quruq qoldi

Mundial chorak finali doirasidagi to'qnashuv yakuniga etdi.

Jahon chempionati

1/4 final

Qozog'iston – Argentina 1:6 

Toshkent. "Humo Arena". 20:00

Gollar: Dauren Tursagulov 34' – Pablo Taborda 22', Anxel Klaudino 24', Kevin Arrieta penalti 29', Sebastyan Korso 32', Bolo Alemani  34', Kevin Arrieta penalti 36'

Qozog'iston (dastlabki beshlik): 2.Igita, 5.Akjol Daribay, 8.Leo, 12.Dauren Tursagulov, 14.Duglas Junior.

Zaxira: 1.Narun Serikov, 3.Arnold Knaub, 4.Rinat Turegazin, 6.Abrirassil Abdumanapuli, 7.Azat Valiulin, 9.Albert Akbalikov, 10.CHingiz Essenamanov, 11.Birjan Orazov, 13.Jahangir Rashit.

Argentina (dastlabki beshlik): 1.Nikolas Sarmiento, 3.Anxel Klaudino, 6.Sebastyan Korso, 11.Alan Brandi, 14.Pablo Taborda. 

Zaxira: 12.Kravecki, 2.Lukaas Tripodi, 4.Bolo Alemani, 5.Agustin Plaza, 7.Matias Rosa, 8.Lusiano Gauna, 9.Kristian Borruto, 10.Konstantino Vaporaki, 13.Kevin Arrieta.

OgohlantirishlarArnold Knaub (15), Dauren Tursagulov (16), Birjan Orazov (39).

CHetlatishDauren Tursagulov (36).


SAHIFANI YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! SHU TARIQA QOZOG'ISTONNING MUNDIALDAGI YURISHI YAKUNLANDI. ARGENTINA ESA YARIM FINALGA CHIQDI! 

39. Birjan Orazov Nikolas Sarmientoga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

39. Leo Igita o'yin oxiriga kelib bir qator xatolarga yo'l qo'ymoqda. 

38. Argentina taym-aut olgani malum qilindi.

36. GOL! Kevin Arrieta penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi – 1:6!

36. Dauren Tursagulov to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun maydondan chetlatildi va Argentina penalti tepadigan bo'ldi. 

35. Bugungi bellashuvni tomosha qilish uchun 9350 tomoshabin kelgani elon qilindi. 

34. GOL! Igitaning xatosidan so'ng Messi vatandoshlari navbatdagi golni urdi – 1:5! Katta sahnada Bolo Alemani!

34. GOL! Qozog'iston hisobni qisqartirdi. Gol muallifi Dauren Tursagulov – 1:4! 



32. GOL! Darvozabonsiz o'ynayotgan Qozog'istonning xatosidan so'ng Sebastyan Korso bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi – 0:4! 

31. Zarbaa! Duglasning kuchli zarbasi noaniq ketib qoldi.

30. Qozog'iston o'ynovchi darvozabon xizmatidan foydalanmoqda, ammo hozircha bu samarasiz. 

29. GOL! Kevin Arrieta penaltini golga aylantirdi – 0:3!

29. Uuuux! Matias Rosaning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Argentina tomoni penaltini tekshirishni so'radi va ular haq bo'lib chiqdi. 

27. GOL! Essennamanovning qo'pol xatosidan so'ng Anxel Klaudino hisobni oshirdi – 0:2!  

26. Zarbaaaa! Albert Akbalikovning dastlabki zarbasini darvozabon qaytardi, ikkinchisi esa noaniq ketdi. 

24. Igita maydon markaziga yaqin hududda to'pni oldirib qo'yishiga bir baxya qoldi. U sheriklaridan uzr so'rab qo'ydi. 

22. GOL! Pablo Tadobardaning kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib, to'rdan joy oldi – 0:1!

21. Ikkinchi taymni boshlab beruvchi hushtak chalindi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffusga chiqamiz. 

20. Leo Igita muxlislarni xursand qilib, olis masofadan zarba berdi, sal noaniq.



19. Endi Qozog'iston tomoni taym-aut so'radi. 

17. Zarbaaaa! Kristian Borrutoning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish kasb etdi. 

16. Dauren Tursagulov qo'polligi uchun ogohlantirildi. 



15. Zarbaaaa! Duglasning tepgan to'pi rikoshet bo'ldi va darvoza ustuniga tegib, tashqariga chiqib ketdi. 

15. Arnold Knaub qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochka oldi. Bu paytga kelib Argentina taym-aut olishga qaror qildi. 

13. Uuuux! Qozog'iston avjida! Daribay va Knaubning ketma-ket zarbalari Sarmiento tomonidan qaytarildi. 

12. Leo Igitaaaa! Qozog'istonliklar posboninig kuchli zarbasini argentinaliklar darvozaboni bartaraf qildi. 

10. Zarbaaa! Leoning kuchli zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytarishga erishdi. 

9. Igita va Birjan Orazov kombinaciyasidan so'ng argentinalik himoyachi so'nggi pallada to'pni maydonga chiqarib yubordi. 

7. Duglas Junior qo'pollik ishlatdi va og'zaki ogohlantirildi. 

5. Zarbaaa! Kevin Arrietaning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

2. Uuuux! Akjol Daribay o'ng qanotdan yorib kirib, chap oyoqda zarba yo'lladi, ozgina noaniq. 

2. Bahs shiddatli start oldi. Sebastyan Korsoga tibbiy yordam zarur. 

1. Uchrashuv boshlandi!

 


- Butun arena Qozog'iston madhiyasini baralla kuyladi. 

- Uchrashuv 20:00 da start oladi.

- Bugun "Humo Arena" sport majmuasi shunchaki "yonadi"! 

Reyting: +6   

Fikrlar

+4   
30 sen 21:25:38
Salom_Madrid
0:4 bo‘ldi pishdi Qozog‘iston. Afsus!
+4   
30 sen 21:24:40
Muxammadumar Inomjonov
Argentina yarim finalda
+3   
30 sen 19:25:21
Pedri_16
zór oyin bóladi kuchlisi yutsin
+2   
30 sen 22:03:33
F12
Sayfuddinovich86 foydalanuvchining fikriga javob berish
Shu Argentina xuddi osiyodagi Eron, Iroq...ga o'xshaydi. Juda shantaj, yig'loqi, provokator. Futboldayam, futzaldayam kuchi yetmay qolsa antifutbol boshlaydi
Argentinani yomon korganiz uchun shunaqa gaprvosz. Lekin Argentina ancha bosiq toza oyin qiladi. 2014 JChda finalgacha Juda tartibli oynab chqqan, Nemislar finalda provakatsya qgan kop. 2016 2015 2022 Copa Amerkadayam eng Kam sariq kartochka ogan jamoa. Sz etgan provakatsya qladgan jamoa bu Chili, Urugvay, Braziliya. Argentina qopol oynaganini Jch 2022 yilda gollandiya bilan oyinda kordm brnchi Marta.
+1   
30 sen 23:18:47
Тож
Қозоқ барибир 10минг томошабинни қадрига етмайди. Ўзбекка нисбатан бир хасадини айтади. Айниқса, спорт.кз.
+1   
30 sen 22:50:30
International
Sayfuddinovich86 foydalanuvchining fikriga javob berish
Shu Argentina xuddi osiyodagi Eron, Iroq...ga o'xshaydi. Juda shantaj, yig'loqi, provokator. Futboldayam, futzaldayam kuchi yetmay qolsa antifutbol boshlaydi
Argentina toza o'ynab yutdi. Klassda ustun ekan, 1:0 yoki 2:1 mas hisob. Kuchli kuchli diyish kere Argentinaga bo'gan shaxsiy nafrat bn aytilgan gapla bu.
+1   
30 sen 21:34:03
Аваз Худойқулов
Sayfuddinovich86 foydalanuvchining fikriga javob berish
Kim u? San kimsan? Borib rivojlanib kel.
Ман сандан ҳурмат билан сўрадим, ёшим сандан анча катта бўлса керак, ман санга ёмон муомала қилдимми, жавоб бермасанг саволимни очиқ қолдир тамом
   
01 okt 16:53:27
Махмуд Жаркинбаев
Равшан Р.А.А foydalanuvchining fikriga javob berish
Ассалому алайкум. Футзалда танаффус вақти қанча бўлади. Ҳозир четда эдим. Жонли эфирни қандай кўрсам бўлади.
Плей маркетдан Telecom tv программа скачать килиб ,Узбекистан Россия каналларини архив билан курса булади
   
30 sen 23:32:21
Sayfuddinovich86
Sayfuddinovich86 foydalanuvchining fikriga javob berish
Shu Argentina xuddi osiyodagi Eron, Iroq...ga o'xshaydi. Juda shantaj, yig'loqi, provokator. Futboldayam, futzaldayam kuchi yetmay qolsa antifutbol boshlaydi
Hisob 2:0 bo'lguncha argentina o‘yinchilari va treneri qilgan "o‘yinlari"ni bir ko‘rib chiqinglar. Man zalda edim. Iflos o‘yin qildi. Bekorga muxlislar baklajka otmadi. Futbolchilardan Diego Simeone, Otamendi, emi martinez, m ikardi, de Paul kabilar (bunaqalar juda ko‘p) qanaqa futbol o‘ynashini xolis muhlislar biladi. Messi, Di Maria, Lautaro ga o‘xshagan zo‘r futbolistlargayam shular soya solib turadi.
   
30 sen 23:09:50
Тож
Вохоқ барибир 10минг томошабинни қадрига етмайди. Ўзбекка нисбатан бир хасадини айтади. Айниқса, спорт.кз.
   
30 sen 21:54:07
Akmal Qaxorov
Anjanda bo'lganda yutardi qozoq bovurlar
   
30 sen 21:08:15
LENEKER
Админ 0-1 булдику
   
30 sen 21:03:26
Аваз Худойқулов
Sayfuddinovich86 foydalanuvchining fikriga javob berish
Shu Argentina xuddi osiyodagi Eron, Iroq...ga o'xshaydi. Juda shantaj, yig'loqi, provokator. Futboldayam, futzaldayam kuchi yetmay qolsa antifutbol boshlaydi
Сиз мабодо реал мухлиси эмасмисиз
   
30 sen 20:48:33
Равшан Р.А.А
Ассалому алайкум. Футзалда танаффус вақти қанча бўлади. Ҳозир четда эдим. Жонли эфирни қандай кўрсам бўлади.
   
30 sen 20:29:49
Zohid Urayimovich
Олга Бразилецлар
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика