So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  1 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  1 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  10 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  2 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  12 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  23 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  2 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  19 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  1

Futzal bo'yicha JCH-2024. Portugaliya Tojikiston ustidan qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH-2024. Portugaliya Tojikiston ustidan qiyin g'alabaga erishdi

O'zbekistonda o'tkazilayotgan futzal bo'yicha jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Portugaliya - Tojikiston uchrashuvi yakunlandi.

"E " guruhi. 2-tur

Portugaliya — Tojikiston 3:2

Gol: Pani (2), Ziki (11), Erik (28) — Komron Aliev (27), Baxtiyor Soliev (40)

Portugaliya (dastlabki beshlik):  1.Edu Souza, 8.Erik, 9.Joao Matos, 10.Bruno Koelo, 11.Pani.

Zaxira: 12.Andre Korreia, 2.Andre Koeelo, 3.Tomas Pako, 4.Afonso Jezus, 5.Fabio Sesilio, 6.Ziki, 7.Lusio Rosha, 13.Tiago Brito, 14.Kutchi.

Tojikiston (dastlabki beshlik): 2.Firuz Bekmurodov, 7.Bahodur Xojaev, 8.Muhammadjon SHaripov, 12.Umed Kuziev, 14.Dilshod Salomov 

Zaxira: 1.Nuriddin Jabarov, 3.Abduqayum Umarov, 4.Nasratsho Ismoilov, 5.Samandar Rizomov, 6.Idris Yorov, 9.Fayzali Sardorov, 10.Nekruz Alimahmadov, 11.Komron Aliev, 13.Baxtiyor Soliev.   

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 O'yin yakunlandi.

40. GOL! Baxtiyor Soliev o'yin tugashiga 2 soniya qolganda tovoni bilan chiroyli gol urdi!

Portugaliya taym-aut oldi.

40. Fol. Tojikiston zarariga.

39. Tojikiston xavfli vaziyat tashkil etgandi, biroq hujumni yakunlashda ularga tezkorlik etishmadi. Oqibatda raqib himoyachilari yordamga kelishdi.

Tojikiston taym-ayt oldi.

36. Fol. Portugaliya zarariga.

35. Zarba! Burchak uzatmasidan so'ng Sesilio zarbasi yuqorilab ketdi.

33. Zarba! Pakoning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

32. Tojikiston qarshi hujumga o'tdi, ammo yakunda Komron Aliev to'pni maydonda saqlab qola olmadi. 

30. Zarba! Sardorovning xavfli zarbasini evropaliklar qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

28. GOL! Erik raqib darvozabonidan qaytgan to'pni darvozaga yo'llab, hisobdagi farqni oshirdi!

27. GOL! Komron Aliev burchakdan uzatilgan to'pni raqib oyoqlari orasidan o'tkazib, hisobni qisqartirdi!

27. Zarba! Salomovning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasini Souza qaytardi.

26. Zarba! Portugaliyaliklarning navbatdagi xavfli zarbalari xavfli ko'rinish oldi, yana Bekmurodov o'z mahoratini namoyish etdi.

24. Zarba! Koeloning xavfli zarbasini Bekmurodov qaytardi.

22. Zarba! Panining chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.

21. Zarba! Ismoilovning burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

20. Zarba! Jezus raqibning bo'sh qolgan darvozasini ishg'ol qilmoqchi edi, Bekmurodov ortga qaytishga ulgurdi.

19. Zarba! Jezusning raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda yo'llagan zarbasini raqib posboni qaytardi.

19. Fol. Tojikiston zarariga. Qoidabuzarliklar bo'yicha hisob: 4-3.

17. Fol. Tojikiston zarariga.

16. Zarba! Britoning yana bir urinishi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

14. Zarba! Britoning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

14. Fol. Tojikiston zarariga.

13. Burchak uzatmasidan so'ng portugaliyalik o'yinchining to'xtatmasdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

Portugaliya taym-aut oldi.

13. Fol. Portugaliya zarariga.

12. Bekmurodovning bu galgi zarbasi aniq chiqdi, biroq Souza to'pni egallab oldi.

11. Zarba! Koelo qulay vaziyatda raqib darvozasini aniq nishonga ololmadi.

11. GOL! Ziki raqibning deyarli barcha futzalchisini, hatto darvozabonini ham aldab o'tib, supergol urdi.

10. Fol. Portugaliya zarariga.

9. Zarba! Kutchining aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi.

9. Zarba! Portugaliyaning ikki futzalchisi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq Jezus yakuniy zarbani noaniq yo'lladi.

8. Zarba! Bekmurodovning kuchli zarbasi yana noaniq ko'rinish oldi. Hozircha Tojikistoning deyarli barcha zarbasini darvozaboni yo'llamoqda.

6. Zarba! Britoning zarbasini yana raqib posboni qaytardi.

6. Zarba! Roshaning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasini Bekmurodov qaytardi.

5. Zarba! Tojikiston posbonining yana bir urinishi noaniq.

4. Fol. Portugaliya zarariga.

4. Zarba! Ziki bir necha raqibini aldab o'tib, chap oyoqda noaniq zarba yo'lladi.

3. Zarba! Tojikiston darvozaboni raqib darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi, noaniq.

2. Zarba! Ismoliovning xavfli zarbasini Portugaliya darvozaboni qaytardi.

2. GOL! Pani autdan oshirilgan to'pni raqib darvozasining burchagiga aniq joylab qo'ydi!

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика