So’nggi yangiliklar

20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  6 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  24 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1

Futzal bo'yicha Evropa chempionati haqida Yangiliklar

Futzal bo'yicha Evropa chempionati haqida

CHorshanba oqshomida futzal bo'yicha Evropa chempionati boshlanadi. Futbolning ukasi unchalik mashhur emas, lekin baribir u o'zining dinamikasi va go'zalligi bilan millionlab muxlislar etiborini tortadi.

Turnir qachon va qaerda bo'lib o'tadi

Niderlandiyada futzal bo'yicha Evropa chempionati bo'lib o'tadi. Oxirgi marta niderlandlar o'tgan asrda, aniqrog'i, 1989 yilda yirik futzal turniriga mezbonlik qilgandi. Keyinroq ushbu zaminda jahon chempionati o'tkazildi.

Turnir 19 yanvarda boshlanib, 6 fevralda yakunlanadi. Ochilish o'yiniga ham, finalga ham Amsterdam mezbonlik qiladi. SHu bilan birga, musobaqaning bir qator o'yinlari Niderlandiyaning boshqa bir shahri – Groningenda bo'lib o'tadi.


Format

Futzal bo'yicha Evropa chempionati 12 tadan 16 ta jamoaga ko'paytirildi. Ular har biri to'rtta jamoadan iborat to'rt guruhga bo'lingan. Turnir formati oddiy – o'z guruhlarida birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishadi. CHorak final kross tartibda (ikkinchi o'rin bilan birinchi o'rin), A va V guruhlari vakillari, shuningdek, C va D guruhdagilar bir-biri bilan kesishadi.


Guruhlar

Yuqorida aytib o'tganimizdek, har bir guruhda to'rtta jamoa ishtirok etadi. Quyida jamoalarning kvartetlar bo'yicha taqsimlanishini keltiramiz. Qavslar ichida jamoalarning Evropa chempionatlari final bosqichlarida ilgari necha marta ishtirok etgani ko'rsatilgan. Umuman olganda, turnir 11 marta o'tkazilgan.

A: Niderlandiya (5), Serbiya (6), Ukraina (10), Portugaliya (9).

V: Qozog'iston (2), Italiya (11), Sloveniya (6), Finlyandiya (0).

S: Rossiya (11), Polsha (2), Slovakiya (0), Xorvatiya (5).

D: Gruziya (0), Ispaniya (11), Ozarbayjon (5), Bosniya va Gercegovina (0).

Favoritlar

Ispaniya har doim futzal bo'yicha Evropa chempionatining asosiy favoriti hisoblanadi. "Qizil Furiya" 11 musobaqadan 7 tasida g'alaba qozongan. To'rt yil oldin ispanlar finalda Portugaliyaga yutqazib, chempionlikni himoya qila olmagandilar. "Evropaning Braziliyasi" endilikda kubokni o'z qo'llarida saqlashga harakat qilishadi.

Favoritlar qatorida Rossiya ham bor. Rossiya oxirgi to'rt turnirda ikkinchi (3 marta) yoki uchinchi (1 marta) o'rinni egalladi.

Italiya ham favoritlar ro'yxatida, biroq so'nggi ikki qita musobaqasida "adzurra" hatto yarim finalga ham chiqa olmagan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика