So’nggi yangiliklar

23:10Италия - Исроил баҳси учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 23:06Бельгия - Франция. Асосий таркибда кимлар бор?  0 23:03Германия - Нидерландия. Таркиблар билан танишинг  0 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  3 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  4 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  10 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  7 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  18

Futbolni qanday ko'taramiz? Yangiliklar

Futbolni qanday ko'taramiz?

Teglar :  O'FF
O'zbekiston Futbol Federaciyasining yangi rahbariyati mamlakatda futbolni tubdan isloh qilishning yangi rejalarini ishlab chiqmoqda.


Federaciya prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruhi 2018-2022 yillarga mo'ljallangan rivojlantirish dasturini ishlab chiqish asnosida futbolni ko'tarib turadigan to'rtta asosiy tamoyilga etiborni kuchaytiradi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasining 12 sentyabr kuni bo'lib o'tgan hisobot-saylov konferenciyasida tashkilotga yangi prezident etib saylangan Umid Ahmadjonov mamlakat futbolini birgalikda ko'tarishiga umid bildirgan edi.

“Ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa keyingi xalqaro musobaqalarda va Olimpiya o'yinlarida birgalikda, maslahatlashgan holda, o'zbek futbolini ko'tarishga vada beraman. Bundan buyon muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev va xalqimizni xursand qilib, futbolimizni birgalikda ko'taramiz degan umiddaman”. (Umid Ahmadjonov)/

O'FF Prezidentining futbolni ko'tarish haqidagi nutqida futbolni rivojlantirishning 4 ta ustunini ko'rish mumkin.
Birinchi ustun bu musobaqalar bo'lib, O'FF bayrog'i ostidagi musobaqalar o'tkazilishi saviyasini OFK standartlari holatiga olib kelish, terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini yangi bosqichga olib chiqish birlamchi vazifa qilib qo'yiladi.

Ikkinchi ustun esa, texnikaviy rivojlantirish masalalar bo'lib, unga bolalar va o'smirlar, ommaviy futbol, ayollar futboli, futzal va plyaj futbolini rivojlantirish, murabbiylarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi vazifalar kiradi.

Uchinchi ustun esa PFL va hududiy federaciyalar faoliyatini kuchaytirish bo'lib, unda asosiy etibor, futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati va birinchiligi musobaqalarini o'tkazish tizimini tubdan isloh qilish, O'FFning azolari hisoblangan 14 ta hududiy federaciyaning mamlakat futbolini rivojlantirishdagi roli va dahldorligini oshirishga qaratiladi.

To'rtinchi ustun esa, xalqaro munosabatlar bo'lib, bu jabhada asosan FIFA, OFK, UEFA va boshqa konfederaciyalar, hududiy federaciyalar, milliy federaciyalar bilan o'zaro hamkorlik va hamjihatlik aloqalarini kuchaytirish, muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan xalqaro tajribalarni o'zlashtirish masalalariga etibor qaratiladi.

Federaciyaning yangi rahbariyati ushbu 4 ustunga eltadigan zinapoyalardagi boshqa sohalarni ham takomillashtirish yo'lidan boradi. Bu hakamlar, jamoatchilik bilan aloqalar, moliya, yuridik va xizmat ko'rsatish masalalari kabi uzviy bog'liq sohalardir.



BUGUNGI KUNDAGI USTUVOR MASALALAR

Federaciyaning yangi rahbariyati oldida zudlik bilan hal qilinadigan 5 ta ustuvor masala bor.
Birinchisi, O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyini tayinlashdir. Ayni paytda yangi rahbariyat milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashda faqat xorijlik murabbiylar nomzodini ko'rib chiqayotganligini malum qilamiz.

Ikkinchisi, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqishdir. O'FF strukturasida futboldagi korrupciyani oldini olish uchun masul bo'lgan maxsus bo'linma, shuningdek, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish bo'yicha bo'lim va yangi qo'mita ish boshlaydi. Bu bo'linma va qo'mita faoliyatini O'FF Prezidenti shaxsan nazorat ostiga oladi.

Uchinchisi, bolalar va o'smirlar futbolini qing'irliklardan tozalash bo'lib, yoshlarning futbol maktablari va klublariga joylashishida, shuningdek, mashg'ulotlar jarayonida mahalliychilik va urug'-aymoqchilikka yo'l qo'yilmasligi va sport principlarining birlamchi bo'lishini taminlashga qaratiladi. Bundan tashqari, futbolchilarning yoshlarini soxtalashtirish kabi illatga qarshi kurashish bo'yicha ham yangi chora-tadbirlar belgilab olinadi. Federaciyaning “Har bir bolaga bittadan to'p” nomli yangi rivojlantirish dasturi ishga tushiriladi.

To'rtinchisi, federaciya ishining shaffofligini taminlash va shu orqali fuqarolarning federaciyaga ishonchini ortishiga erishishdir. Aksariyat murojaatlarda federaciya xalqning mablag'ini suistemol qilganlikda ayblanadi. Fuqarolarda paydo bo'lgan noto'g'ri tasavvurni yo'qotish uchun federaciya moliyalashtirish uchun mablag'ni qaerdan olib, qaerga sarflashini shaffoflashtirishni taminlaydi.

Beshinchisi, terma jamoalar, chempionat, kubok va birinchilik o'yinlariga elektron chiptalar savdosini yo'lga qo'yish orqali ishqibozlar chiptalarni o'z narxida va teng taqsimlash tizimini yo'lga qo'yishdir. Bu bilan chiptalar savdosiga chayqovchilarning tasirini kamaytirish, hududlardagi ishqibozlarning o'z uylaridan turib o'yinlarga chipta sotib olishini taminlash kabi qulayliklarni yaratish asosiy maqsad qilib olingan.

O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu haftada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashadi. Keyingi haftada esa O'FFda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar yuzasidan futbol jamoatchiligiga axborot beriladi.

O'FF Matbuot xizmati

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика