So’nggi yangiliklar

19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  8 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  4 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  1 18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0 18:28Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари ФИФА кунларида қайси жамоаларга қарши ўйнайди?  2 18:00ФИФА Нигериянинг эътирозини рад этди. Конго ДР Ўзбекистон билан бир гуруҳдан ўрин олиш учун курашади  1 17:47"Манчестер Юнайтед" ҳакамлик устидан шикоят киритмоқчи  2 17:27Альваро Арбелоа: "Тарихдаги энг яхши дарвозабон жароҳат олди. Лекин бизда яна бир фантастик кипер бор"  13 16:59Меҳмон стадионда мезбон: "Сўғдиёна" - "Пахтакор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:29Габон термасининг Тошкент йиғини учун таркиби маълум қилинди  3 15:59Сўнгги дақиқадаги супергол, "Насаф"га қарши қуруқ ўйин ва бошқалар - Суперлигада 4-тур лауреатлари  4 15:40Тринидад ва Тобаго термасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум қилинди  6 15:09Ўзбекистон терма жамоасининг март ойидаги йиғин учун таркиби эълон қилинди. Унда янги номлар ҳам бор  35 14:58Жейми Каррагер: "Артета Моуриньюга ўхшаб бормоқда"  8 14:28Ираола: "Биз ғалабага яқинроқ эдик"  0

FIFA Nigeriyaning etirozini rad etdi. Kongo DR O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olish uchun kurashadi Yangiliklar

FIFA Nigeriyaning etirozini rad etdi. Kongo DR O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olish uchun kurashadi

Teglar :  NigeriyaKongo DR
FIFA Tartib-intizom qo'mitasi o'tgan yilning noyabr oyida bo'lib o'tgan Jahon chempionatining Afrika mintaqasi saralash pley-off bosqichida Kongo DR terma jamoasi safida maydonga tushgan bir qator futbolchilarning o'ynash huquqi bo'yicha Nigeriyaning etirozini rad etdi. Bu haqda Nigeriya futbol federaciyasi (NFF) malum qildi.

Tashkilot zudlik bilan apellyaciya jarayonini boshlaganini takidladi.

"Biz FIFA Tartib-intizom qo'mitasining shikoyatimiz bo'yicha chiqargan qarorini oldik, ammo shikoyatimizni rad etgan bu qarordan qoniqmadik", — deyiladi NFF bosh kotibi Muhammad Sanusining bayonotida. "Nigeriyaliklarni ishontirib aytmoqchimanki, federaciya zudlik bilan ushbu qaror ustidan shikoyat qilish jarayonini boshladi».

Endilikda ushbu apellyaciya Sport arbitraj sudiga (CAS) yuborilishi kutilmoqda, biroq shikoyat jarayoni 26 mart kuni boshlanadigan qitalararo pley-off o'yinlariga qadar yakunlanishi nomalum bo'lib qolmoqda. Kongo DR 31 mart kuni AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasi uchun mazkur bosqichda maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Kongo DR tomoni bu qaror yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermadi.

NFF 16 noyabr kuni Marokashning Rabot shahridagi "Shahzoda Mulay Al-Hasan" stadionida bo'lib o'tgan KAF Jahon chempionati saralashining pley-off finalida Kongo DR Nigeriyani penaltilar seriyasida 4:3 hisobida (asosiy va qo'shimcha vaqtda 1:1) mag'lub etganidan bir necha kun o'tib FIFAga norozilik bildirgan edi. Ushbu natija Kongo DR terma jamoasini qitalararo pley-off bosqichiga olib chiqqandi.

Nigeriyaning shikoyatiga (unga Kamerun ham alohida peticiya bilan qo'shilgan) ko'ra, saralash bosqichida Kongo DR safida harakat qilgan olti nafardan to'qqiz nafargacha bo'lgan futbolchilar o'z sport fuqaroligini noto'g'ri o'zgartirishgan. NFFning takidlashicha, bu o'yinchilar qo'sh fuqarolikni tan olmaydigan Kongo qonunchiligi talab qilganidek, Evropa pasportlaridan voz kechishmagan.

"Kongo qonunlariga ko'ra, qo'sh fuqarolikka ega bo'lish mumkin emas", — degan edi o'shanda Sanusi jurnalistlarga. "Ularning ko'pchiligida Evropa, xususan, Franciya yoki Niderlandiya pasportlari bor. Qoidalar esa juda aniq belgilab qo'yilgan".

Biroq FIFAning o'z qoidalari Kongoning ichki qonunchiligidan farq qiladi. FIFA futbolchidan faqat o'zi o'ynayotgan mamlakatning haqiqiy pasportiga ega bo'lishini talab qiladi, bahsga sabab bo'lgan barcha futbolchilar esa haqiqiy Kongo pasportlariga ega bo'lib, bu mezonga to'liq javob berishgan. Aynan shu asosda FIFA dastlab ularga maydonga tushishga ruxsat bergan edi.

Shunga qaramay, tashkilot FIFAga ushbu ruxsatnomalarni berishda yolg'on malumot berilgan deb hisoblamoqda.

"FIFA qoidalariga ko'ra, agar sizda o'z mamlakatingiz pasporti bo'lsa, siz o'ynash huquqiga egasiz. Bizning tushunishimizcha ham ular bu huquqqa ega, shuning uchun FIFA ularga ruxsat bergan", — dedi Sanusi. "Lekin bizning davomiz shuki, FIFA ularga ruxsat berish jarayonida aldangan, chunki Kongo qonun-qoidalariga rioya etilishini taminlash FIFAning majburiyatiga kirmaydi".

Qura natijalariga ko'ra, Kongo DR qitalararo pley-offda Yangi Kaledoniya va Yamayka o'rtasidagi yarim final g'olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs g'olibi Jahon chempionatining so'nggi yo'llanmalaridan birini qo'lga kiritadi hamda Portugaliya, Kolumbiya va O'zbekiston bilan bir guruhdan joy oladi.


Avvalroq "Navbahor"ning kongolik hujumchisi Katulondi Kati O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olishiga umid qilayotganini aytgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
21 mar 19:31:26
Azizbek Rustamovich
Bizga farqi yo‘q. Ikkisi ham teng kuchli raqib. Biri biridan kam yoki ortiq emas
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика