"Manchester Yunayted" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi
21 mar 00:49
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi
Yozgi transfer oynasi oldidan MYUning ko'plab futbolchilari kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Biroq bu masalaga asta-sekin aniqlik kiritilmoqda, chunki ikki etakchi futbolchi "Old Trafford"da yana uzoqroq qolishga yaqin turibdi.

Devid Ornshteyn malumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" Harri Maguayr va Kobbi Maynu bilan bitimni uzaytirishga yaqin. Muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan, biroq tomonlar hali shartnoma muddatini kelishib olishi kerak. Boshqa shartlar esa deyarli hal etilgan.
Ayniqsa, Maguayr bo'yicha masala muhim, chunki uning amaldagi kelishuvi 2025 yil 30 iyunda yakunlanadi va deyarli 3 oydan so'ng u erkin agentga aylanishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar